Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalaridan foydalaniş sohasida davlat xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
1 maydan boşlab jismoniy va yuridik şaxslarning qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini harakatlanuvçi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda majburiy yillik texnik körikdan ötkaziş amaliyoti joriy etiladi.
“Özagroinspeksiya”ga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 1 iyulga qadar “Texnik körik” avtomatlaştirilgan axborot tizimini işlab çiqiş topşirildi.
Yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik sub’yektlariga 2023 yil 1 sentabrdan boşlab jismoniy şaxslarning 100 ot kuçigaça quvvatga ega bölgan qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini texnik körikdan ötkaziş faoliyati bilan şuğullaniş huquqi beriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini davlat röyxatidan va qayta röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti;
- Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini vaqtinça röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti;
- Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini hisobdan çiqariş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti;
- Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalari röyxatda turganligi töğrisida ma’lumotnoma beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti;
- Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini majburiy yillik texnik körikdan ötkaziş böyiça xizmatlar körsatişning ma’muriy reglamenti;
- Traktorçi-maşinistlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş yönalişidagi ta’lim taşkilotlarini hisobga oliş hamda traktorçi-maşinist guvohnomasini beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti.
















