Buning uçun AQŞ Davlat departamentining lotereya uçun maxsus saytiga (www.dvprogram.state.gov) kiriş hamda ariza topşirgan vaqtda saqlab olingan tasdiq raqamini (Confirmation number) kiritiş kerak böladi.
Eslatib ötamiz, grin karta lotereyasida iştirok barça qatnaşçilar uçun bepul hisoblanadi. Muayyan xarajatlar faqatgina tanlab olingan arizaçilarda, viza oliş bilan boğliq ravişda yuzaga keladi.
Rasmiy nomi “Xilma-xillik viza dasturi” (Diversity Visa Program) bölgan grin-kartadan maqsad – tarixan Amerikaga migratsiya körsatkiçlari kam bölgan xalqlarga AQŞga köçib kelib yaşaş imkoniyatini beriş, bu bilan AQŞ jamiyatida millatlar xilma-xilligiga erişişdan iborat. Lotereyani har yili dunyo böylab Amerikaga köçib ketişni istovçi önlab million kişi öynaydi. Ular orasida millionlab özbekistonliklar ham bor.
Ötgan yili eng köp yutuq çiqqanlar orasida Özbekiston fuqarolari 3-örinni olgandi. DV-2023 dasturida 119 262 arizaçi tasodifiy tanlab olingan, ularning 5511 nafari özbekistonliklar bölgan. Bundan birozgina köproq fuqarosiga omad kulib boqqan Misr va Jazoir birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan.
Lotereyada ğolib çiqiş AQŞga viza olişni kafolatlamaydi. Buning uçun maxsus formani töldiriş, şuningdek, elçixonada suhbatdan ötiş talab etiladi. Viza sohiblari AQŞda muqim yaşaş, işlaş, şuningdek, Amerika fuqarolariga tegişli, saylaş va saylanişdan boşqa deyarli barça huquqlardan foydalaniş imkoniyatini qölga kiritadi. Belgilangan muddatdan söng AQŞ fuqaroligi uçun ariza topşiriş ham mumkin böladi.












