Bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatçilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib çiqayotgan eng ta’sirçan kuç, bu – ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ekani ta’kidlandi.

«Jamiyatimizdagi oçiqlik siyosatini izçil davom ettiriş maqsadida ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, axborot oliş, foydalaniş va tarqatişga bölgan huquqlar qat’iy kafolatlanmoqda.

Şu bilan birga, söz erkinligi bu – mas’uliyat ham degani. Ya’ni, axborot makonida haqqoniylik va xolislik boş mezon ekanini ham unutmasligimiz zarur», - dedi davlat rahbari.

Ayni paytda, nodavlat taşkilotlarning rolini yanada oşiriş, huquqlarini kafolatlaş orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilişi ta’kidlandi.

Şu bilan birga, yangilangan Konstitutsiyadagi özgarişlar bir qator siyosiy islohotlarni ham nazarda tutadi.

Bu borada parlament faoliyatida muhim özgarişlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Qonunçilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa 14 tadan 18 taga yetkazildi.

Ayni paytda palatalarning vakolatlariga ham aniqlik kiritildi. Jumladan, hukumatni şakllantiriş, uning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş masalalari Qonunçilik palatasining vakolatiga ötkazildi.
 
Senatning faoliyati esa hududlar bilan boğliq masalalarni hal qiliş, mahalliy Kengaşlarga har tomonlama kömaklaşiş, joylarda, ayniqsa mahallalarda qonunlarning ijrosini ta’minlaşga yönaltirilişi zarur.

«Endi ular pastga tuşib, köproq odamlarimiz bilan uçraşib, ularning muammolarini eşitsa, vazirlar va hokimlar bilan birgalikda har bir masala böyiça aniq yeçimlarni topsa, bundan umumiy işimizga faqat foyda böladi», dedi prezident.