Rossiya poytaxti Moskva şahrida 9 may «Ğalaba kuni»ga bağişlangan harbiy parad ötkaziladi. Özbekistonda bu «Xotira va qadrlaş kuni» sifatida nişonlanadi.
Paradda Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etadi.
E’tiborlisi, dastlab Rahmon Duşanbedagi bayram tadbirida iştirok etişni rejalaştirgani haqida xabar berilgan edi. Biroq oradan bir soat ötib Tojikiston prezidenti matbuot xizmati uning Moskvaga uçayotganini ma’lum qildi.
Şu tariqa, bu yil 5 ta davlat rahbari Moskvaga boradi. Ularning barçasi Rossiya prezidenti Vladimir Putindan taklifnoma olgan. Şu bilan birga, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Kreml heç qanday maxsus taklifnoma yubormasligini, çunki Ikkinçi jahon uruşi tugaganining 78 yilligi yubiley sana emasligini aytgan edi.
Qayd qiliş joiz, 2022 yili birorta davlat yetakçisi paradga taklif qilinmadi. «Heç kim taklif qilinmadi», degan edi Peskov jurnalistlarning savoliga javob berar ekan. Xuddi hozir bölgani kabi, bu yubiley sana emasligini ta’kidlab.
«9 may bizning bayramimiz, barça rossiyaliklar uçun muqaddas bayram», degan edi u.












