Hakerlar AQŞ razvedka agentliklarining maxfiy hujjatlarini, şu jumladan AQŞ Harbiy-havo kuçlari askari Jyek Teyşeyra tomonidan sizdirilgan hujjatlarni ham telegram-çatlarda sotmoqda. Bu haqda Financial Times yozdi. 

Hujjatlar orasida FQB xodimlari röyxati, AQŞ harbiy samolyotlari uçun maxfiy yöriqnomalar, barça ştatlardagi politsiya xodimlari ma’lumotlari va Narkotiklarga qarşi kuraş boşqarmasi qöllanmalari bor. Bundan taşqari, oşkor qilingan hujjatlar Xitoyga va Rossiya-Ukraina uruşiga ham taalluqli. Barça yuklangan fayllarni parollar yoki maxsus dasturlarsiz oçiş mumkin. FT bu ma’lumotlarni 2 haftadan ortiq vaqt davomida bir neça telegram-çatlarini kuzatib aniqlagan. 

Gazetaning hisob-kitoblariga köra, maxfiy hujjatlarning minglab sahifalari çatlarda sotilmoqda. Ularning ba’zilari AQŞ Harbiy-havo kuçlari vakili Teyşeyra tomonidan «sizdirilgan» hujjatlar, ammo yangilari ham bor. Masalan, maxfiy korporativ ma’lumotlar, şuningdek, AQŞ huquqni muhofaza qiliş idoralari va texnologik korporatsiyalar örtasidagi maxfiy yozişmalar. 

Gazetaning qayd etişiça, maxfiy ma’lumotlar oşkor qilinadigan çatlar ba’zida bir neçta iştirokçidan iborat. Savdo «past malakali hakerlar va fitna nazariyotçilari» örtasida amalga oşirilmoqda. «Eng yaxşi mahsulotlar» kredit karta ma’lumotlari kabi sizdirilgan tijorat ma’lumotlariga almaştirilmoqda. 

Avvalroq, Qöşma Ştatlarning 100 dan ortiq maxfiy hujjatlari ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilgan edi. Hujjatlarda Ukrainadagi harbiylarning joylaşuvi, Ukraina havo hujumiga qarşi mudofaa va harbiy texnikasi, şuningdek, Kiyevga AQŞ va boşqa davlatlar tomonidan ta’minot haqida ma’lumotlar bor. Keyinçalik bu fakt böyiça AQŞ Harbiy-havo kuçlari askari Jyek Teyşeyra qölga olindi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, maxfiy ma’lumotlar 2022 yil fevralidan 2023 yil martigaça sizdirilgan.