Özbekistonda qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşda şaxsni hibsxonaga joylaştirişdan oldin majburiy tibbiy körikdan ötkaziş tartibi joriy etiladi.

Prezident farmoni bilan mas’ullarga 2023 yil 1 avgustgaça bu borada asoslantirilgan takliflarni kiritiş topşirildi.

Yangi konstitutsiyani röyobga çiqarişga qaratilgan hujjatda advokatura böyiça bir neçta vazifalar belgilangan.

Jinoyat protsessida himoyaçining maqomini kuçaytiriş maqsadida, unga quyidagi qöşimça huquq va vakolatlar berilmoqda:

  • suriştiruv va dastlabki tergovda himoyaçi tomonidan istalgan vaqtda jinoyat işini qözğatiş va tugatiş haqidagi qarorlardan nusxa oliş;
  • körsatmalarni oldindan mustahkamlab qöyiş (deponirovaniye) uçun sudga töğridan töğri iltimosnoma kiritiş;
  • tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgan şaxslarga malakali yuridik yordamdan foydalaniş huquqini kafolatlaş maqsadida tergovga qadar tekşiruv jarayonida himoyaçi maqomida iştirok etiş;
  • iş böyiça şartnoma asosida sud ekspertizalari ötkazilişini va zarur bilimga ega mutaxassislar jalb qilinişini taşkillaştiriş;
  • jinoyat işi böyiça ma’lumotlarga ega şaxslarni sörovdan ötkazişda ularning roziligi bilan maxsus texnika vositalaridan foydalaniş.

Advokatura sohasiga yoş kadrlarni faol jalb qiliş maqsadida 2023 yil 1 sentabrdan boşlab OTMlarning yurisprudensiya yönalişida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunçiligiga muvofiq öqişdan böş vaqtda advokat yordamçisi sifatida iş faoliyatini olib borişga ruxsat etiladi.

Ikki oy muddatda himoyaçining huquq va vakolatlarini kengaytirişni, advokat yordamçisi sifatida iş faoliyatini olib boriş tartibini takomillaştirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini mas’ullar administratsiyaga kiritişi kerak.

Bir oy içida, uşlangan va tergov ostida bölgan şaxsning konstitutsiyaviy protsessual huquqlarini batafsil tuşuntirib beruvçi körgazmali materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlar, şu jumladan, tergov idoralari binolarida fuqarolarga körinadigan tarzda joylaştirilişi kerak.