Prezident Şavkat Mirziyoyev “Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida” farmon imzoladi.
Farmon bilan, “Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonun bekor qilinadigan böldi.
Bu qonunga köra, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida faqat 12 toifadagi şaxslar doimiy propisaga qöyilişi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi 2 oy muddatda bu qonunni öz kuçini yöqotgan deb topiş böyiça qonun loyihasini Qonunçilik palatasiga kiritişi kerak.
Bundan taşqari, fuqarolarni yaşaş joyi böyiça röyxatga olişda xabardor qiliş tartibi joriy etiladi. Içki işlar vazirligiga bir oy muddatda bu borada yangi mexanizmlarni nazarda tutuvçi prezidenti farmoni loyihasini taqdim etiş yuklatildi.
Bulardan maqsad – yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 32-moddasida belgilangan mamlakat böylab erkin harakatlaniş, turar va yaşaş joyini tanlaş huquqi töliq röyobga çiqarilişini ta’minlaşdir.

















