Yevropa Ittifoqida Yevropa kuni nişonlanadigan 9 mayda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen rasmiy taşrif bilan Kiyevga keladi, deb xabar qildi Yevrokomissiya matbuot xizmati. U yerda u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşadi. "Rais Ukrainaga Rossiya tomonidan bosqinçilik uruşidan himoya qilişda bu davlatni qöllab-quvvatlaşimizni tasdiqlaş uçun boradi. Uning taşrifining asosiy mavzusi - Yevropa Ittifoqi va Ukraina örtasidagi hamkorlik", - deya tuşuntirdi Yevropa komissiyasi vakili Erik Mamer brifingda.

Uning qöşimça qilişiça, taşrif Yevropa Ittifoqi va Ukraina örtasidagi munosabatlarning barça jabhalariga, jumladan, uning YeIga kiriş jarayoniga bağişlanadi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Bryussel fon der Lyayyenning safari, şuningdek, Ukrainaga avvalgi taşriflari tafsilotlarini oşkor etmayapti.

Bundan taşqari, Yevrokomissiya Zelenskiyning 9 may Ukrainada Yevropa kuni bölişi haqidagi bayonotini olqişladi.

Ukraina prezidentining murojaati faşistlar Germaniyasi 1945 yil 8 mayda taslim bölganining navbatdagi sanasi munosabati bilan  – Rossiya va boşqa bir qator possovet mamlakatlarida nişonlanadigan Ikkinçi jahon uruşidagi ğalaba kunidan bir kun oldin çop etilgan. Zelenskiyning sözlariga köra, u Ukrainada 8 may kuni Ğalaba kunini nişonlaşni qonuniylaştiriş, 9 mayda esa Yevropa kunini nişonlaş töğrisidagi qonun loyihasini Oliy radaga yuborgan.

“Aynan 8 may kuni dunyoning aksariyat xalqlari natsizm ustidan qozonilgan ğalabaning buyukligini eslaydilar va hayotni himoya qilgan har bir kişiga ta’zim qiladilar. Aynan 8 may kuni butun dunyo öşa uruş qurbonlari xotirasini yolga oladi. Bu mafkuraviy aralaşmasiz sof tarix”, — deb yozdi Zelenskiy Twitter’da.