Ukraina şarqida Agence France-Press (AFP) agentligi operatori Arman Solden halok böldi. Bu haqda agentlik tvitterida xabar berilgan.
Solden Baxmut yaqinidagi Çasiv Yar şahri atrofi öqqa tutilişi vaqtida halok bölgan.
Jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi postlaridan kelib çiqilsa, may oyi boşida u Baxmut hududida bölgan. U Rossiya harbiylarining şaharga zarbalari, şuningdek, şaharda qolgan aholi hayoti haqida hikoya qilgan.
Rossiya harbiylari Çasiv Yarni 9 may kuni öqqa tutgani haqida şahar rahbari Sergey Çaus xabar bergan. U bu zarbalar vaqtida bir kişi halok bölganini ma’lum qilgandi.
«Suspilne» naşri ma’lumotiga köra, Arman Solden Rossiyaning Ukrainaga bosqini davomida halok bölgan öninçi jurnalistga aylandi.













