Payşanba kuni Britaniya parlamenti deputatlari qarşisida çiqiş qilgan Uolles bu qadamni Rossiya tomonining eskalatsiyani kuçaytirişiga ölçovli javob deb atadi.

Payşanba kuni avvalida CNN telekompaniyasi öz manbasiga tayangan holda, Buyuk Britaniya Ukrainaga Storm Shadow raketalari yetkazib berilganini xabar qilib, bu raketalar Ukrainaning bosib olingan hududlari içkarisidagi va 2014 yilda anneksiya qilingan Qrimdagi nişonlarga zarba beriş imkoniyatini taqdim etişiga e’tibor qaratgandi.

Joriy yil boşida Britaniya Ukrainaga asosiy jangovar tanklarni berişga rozilik bildirgan ilk mamlakat bölgandi.

«Storm Shadow raketalaridan foydalaniş Ukrainaga Rossiya kuçlarini Ukrainaning suveren hududlaridan siqib çiqarişga imkon beradi», - dedi Uolles parlamentdagi çiqişida.

«Rossiya tinç aholini öldirayotgan çoğda biz şunçaki tomoşabin bölib tura olmaymiz, - deya qöşimça qilgan vazir. - Rossiya faqatgina özining harakatlari Ukrainaga şunday tizimlar yetkazib berilişiga olib kelganini tan olişi kerak».

U dekabrda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguga maktub yöllab, unda Rossiyaning Ukraina infratuzilmalariga keyingi hujumlari Buyuk Britaniya Kiyevga yanada qudratliroq qurollar yetkazib berişiga sabab bölişidan ogohlantirgani haqida eslab ötgan.

Vazirning sözlariga köra, Buyuk Britaniya Ukrainaga Storm Shadow raketalarini yetkazib beriş orqali eskalatsiya xavfini kamaytirişga erişiş mumkin deb hisoblaydi.

«Bu raketa tizimlari yetkazib berilişi Ukrainada Rossiyaning şafqatsizligidan himoyalaniş uçun yaxşiroq imkoniyat hosil qiladi», degan u parlament a’zolariga.

U raketalar allaqaçon Ukraina armiyasi ixtiyoriga yetib borganini ma’lum qilgan va bu qadamni «Rossiya eskalatsiyasiga mos keladigan ölçovli javob» deb atagan.

Kiyev hozirça Storm Shadow qanotli raketalarini qabul qilib olgani haqida rasman ma’lum qilmadi.

Ammo Uolles Buyuk Britaniya yetkazib bergan Storm Shadows raketalarining harakatlaniş radiusini Rossiya raketa tizimlariniki bilan taqqoslab bölmasligini qayd etgan - Rossiya raketalarining ayrim turlari bundan ança uzoqroqqa uçib borişga qodir.