Linda Yakkarino Twitter kompaniyasiga boş direktor qilib tayinlandi. Bu haqda platforma egasi Ilon Mask xabar berdi.
«Linda Yakkarino birinçi navbatda biznes operatsiyalariga e’tibor qaratadi, men esa mahsulot dizayni va yangi texnologiyalarga e’tibor qarataman. Uşbu platformani universal ilovaga aylantiriş uçun Linda bilan hamkorlik qilişni orziqib kutaman», deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ilon Mask öz örniga ayol kişi rahbar bölişini 11 may kuni ma’lum qilgandi. Şu bilan birga, u yangi boş direktor taxminan olti haftadan keyin iş boşlaşini ta’kidladi.
CNN ma’lumotlariga köra, Yakkarino bunga qadar NBCUniversal kompaniyasida 11 yil işlagan. Sönggi yillarda u global reklama va hamkorlik bölimi rahbari bölgan. Uning qöl ostida kompaniya 100 milliard dollar daromad olgan va Twitter, Buzzfeed, Snapchat va YouTube kabi köplab media platformalari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan.
Ilon Mask Twitter platformasini 2022 yil oktabr oyida 44 milliard dollarga sotib oldi. Işning dastlabki oylarida tadbirkor özini boş direktor etib tayinladi va kompaniya xodimlarining 80 foizini işdan böşatdi. Fevral oyida u öz itini kompaniya boş direktori etib tayinlaganini hazilomuz tarzda e’lon qilgan edi.












