Prezident Şavkat Mirziyoyev aholining turmuş şaroitlari, bunyodkorlik işlari bilan tanişiş maqsadida Toşkent şahrining Şayxontohur tumaniga taşrif buyurdi. 

Davlat rahbari dastlab Samarqand darvoza mahallasida barpo etilgan kasbga yönaltiriş markazida böldi. Bu yerda yoşlar va ayollarga savdo, marketing, moliya, axborot texnologiyalari sohalaridagi zamonaviy kasblar örgatiladi.

Şu yerda kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini ta’minlaş çora-tadbirlari taqdimot qilindi. 10 may kuni şu masala böyiça ötkazilgan yiğilişda salohiyatli tadbirkorlarni yangi iş örinlari yaratişga rağbatlantiriş taklifi bildirilgan edi. 

- Bu ikki tomonlama manfaatli, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Hozir köp tadbirkorlar faoliyatini kengaytirmoqçi, hammaga malakali işçi kerak. Maqsadimiz - korxonalar amaliy monomarkazga aylanib, sohaga mutaxassis tayyorlasin. Buning uçun davlat infratuzilma, moliya, soliq böyiça yengilliklar beradi. Iş örinlari köpaygani, aholining xarid qobiliyati oşgani hisobidan bu pul pirovardida iqtisodiyotga qaytib tuşadi. Eng muhimi, bu amaliyot yoşlar uçun faqat iş örganiş emas, hayot maktabi böladi. 

Taqdimotda Şayxontohurning turizm salohiyatini işga soliş böyiça takliflar ham körib çiqildi. Poytaxt tumanlari hokimlari Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar tajribasini örganişi zarurligi ta’kidlandi. 

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Şayxontohur tumanidagi nodavlat ta’lim muassasasini borib kördi. 

Ming örinli bu maktab ingliz tili, şarq tillari va aniq fanlarni örgatişga ixtisoslaşgan. Muassasada öquv va kompyuter xonalari, STEM laboratoriyasi, kutubxona, oşxona, sport zali, basseyn mavjud. 

Prezident uşbu maktab tajribasi asosida kiçik hududda köp öquvçi örinlarini yaratiş, nodavlat maktablarda ta’lim sifatini nazorat qiliş muhimligini ta’kidladi. 

Öquvçilar bilan muloqotda bilim eng yaxşi investitsiya ekani, davlat yoşlarning zör mutaxassis bölib, kelajakda yölini topişi uçun barça şaroitlarni yaratişi qayd etildi.