Prezident Şavkat Mirziyoyev “Humo Arena” sport saroyiga taşrif buyurib, boks böyiça jahon çempionatini tomoşa qildi.

Musobaqada 107 ta mamlakatdan 600 dan ortiq boksçi iştirok etdi. Özbekiston milliy terma jamoasi barça 13 vazn toifasida qatnaşdi. Mezbonlar bugungaça 9 ta medalni naqd qilib bölgan edi.

Davlat rahbari 13 may kuni özbekistonlik boksçilar iştirokidagi final janglarini kuzatdi. Qizğin va murosasiz ötgan bahslarda Asadxöja Möydinxöjayev qozoğistonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Dösmatov fransiyalik Bilal Bennamani, Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzolani yengib, oltin medalni qölga kiritdi.

Ğoliblarga medallar va çempionlik kamarlarini prezident Şavkat Mirziyoyev topşirdi. Şuningdek, ularga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan ajratilgan mukofot pullari beriladi.

Musobaqaning sönggi kunida yana tört nafar özbekistonlik boksçi ringga çiqadi. Jahon çempionati 14 may kuni yakunlanadi.