Mamlakatimizning sanoat salohiyatini rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlarni, jumladan bu işlarda Enter Engineering kompaniyalari guruhining iştiroki salmoği bilan keng jamoatçilikni taniştiriş maqsadida Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida joylaşgan Enter Steel va Enter SOLAR Green Energy maşinasozlik zavodlariga mamlakatimizning televizion kanallari, bosma va elektron naşrlar vakillari hamda blogerlari iştirokida press-tur taşkil etildi.

Jurnalistlar va blogerlar e’tiboriga Enter Steel zavodining nisbatan qisqa vaqt içida metall konstruksiyalar, köprikli va çorpoya kranlar, bosim ostida işlovçi siğimlar va apparatlar işlab çiqariş böyiça yiliga 25 mingta mahsulot quvvatiga ega Özbekistondagi eng yirik korxonaga aylangani haqida hikoya qiluvçi taqdimot havola etildi. Darhaqiqat, zavodning quvvati va salohiyati ortib bormoqda — uning filiali Olmaliq şahrida işlamoqda, Buxoro viloyatida esa «Enter Steel Karakul» yangi zavodi qurilmoqda, zavodda işlab çiqariladigan mahsulotlar Çirçiq şahrida joylaşgan zavodga tegişli konstruktorlik byurosida yaratilmoqda. Asosiy e’tibor işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning sifat körsatkiçlari böyiça jahon standartlariga mos bölişiga qaratiladi. Buning natijasi ölaroq, zavod mahsulotlari ASME, ISO, IQNet kabi xalqaro sertifikatlariga erişgan.

Mehmonlar zavodning sexlarida bölib, işlab çiqariş jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanişib, yetakçi mutaxassislar bilan suhbatlaşdilar. Mahsulotlar sifati qay darajada sinçkovlik bilan tekşirilişini zavodning Markaziy laboratoriyasida öz közlari bilan kördilar. Bu yerda mehmonlarga Ispaniyaning Ibertest brendi işlab çiqargan fizikaviy-mexanikaviy sinovlar uçun möljallangan apparatlarida metallarning sifatini tekşiriş jarayoni körgazmali tarzda namoyiş etildi.

Press-tur dasturida belgilangan yana bir manzil — joriy yilda qurilgan va ayni paytda işga tuşiriş-sozlaş jarayonlari olib borilayotgan Enter SOLAR Green Energy zavodi böldi. Eng zamonaviy işlab çiqariş innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan uşbu zavod Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu yerda 25 yillik foydalaniş muddati kafolatlangan quyoş panellari tayyorlanadi, ular kelgusida mamlakatimizda bunyod etilajak fotoelektrik stansiyalar (FEK)ga örnatilişi rejalaştirilgan. Jurnalistlar va blogerlar yaqindagina montajlaş işlari yakunlangan Ecoprogetti (Italiya)ning avtomatlaştirilgan liniyasi işi bilan tanişdilar, mutaxassislardan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.