15 may, duşanba kuni Ukraina Oliy sudi rahbari Vsevolod Knyazev pora olayotgan vaqtda uşlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosidagi manbalarga tayanib, bir vaqtning özida bir neçta Ukraina OAV xabar bermoqda. Naşrlarning yozişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari 3 million dollarga yaqin pora olinganini hujjatlaştirgan.
ZN.ua xabariga köra, Knyazev oligarx Konstantin Jyevago foydasiga sud qarori çiqarilişini xohlagan odamlardan pul olgan. Naşr qayd etişiça, Oliy sud rahbarining hibsga olinişi fonida yana 18 nafar sudyada tintuvlar ötkazilmoqda. Oliy sud “Vsevolod Knyazev atrofida sodir bölayotgan voqealar” munosabati bilan 16 may kuni plenumning navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötişini ma’lum qildi.
Öz navbatida, Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi hisobotida aytilişiça, Korrupsiyaga qarşi ixtisoslaştirilgan prokuratura bilan birgalikda “Oliy suddagi yirik korrupsiya” foş etilgan, hozirça tafsilotlar keltirilmagan.
Knyazevning hibsga olingani haqidagi ma’lumotni Ukraina içki işlar vaziri maslahatçisi Anton Geraşçenko ham tasdiqladi. Uning eslatişiça, 19 aprel kuni Oliy sud Şimoliy iqtisodiy apellyatsiya sudi qarorini bekor qilgan, u Poltavaning Ferrexpo kon-qayta işlaş kombinatining 40,19 foiz aksiyalarini törtta kompaniyaga – sobiq aksiyadorlarga sotiş böyiça 2002 yilgi kelişuvni haqiqiy emas deb topgan. Geraşçenkoning sözlariga köra, Konstantin Jyevago bilan aloqador kompaniyalar bu aksiyalarni törtta ofşor kompaniyadan sotib olgan. Keyinçalik, bir neçta qöşimça emissiyalardan söng, şuningdek, minoritar aksiyadorlardan aksiyalarni majburiy sotib olişdan söng, Ferrexpo kon kompaniyasi YuGOKning yagona aksiyadoriga aylandi.












