Sobiq prezident Islom Karimov öğlining hibsga olinişi tafsilotlari ma’lum böldi. Bu haqda Rossiyaning REN TV telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Pyotr Karimov xotinini pul uçun kaltaklagan. Keçasi ular janjallaşib qolişgan, çunki er turmuş örtoğidan Toşkentga yölovçi çiptasi va mehmonxona tölovini amalga oşirişni söragan. Biroq, ayolda yetarli miqdorda pul bölmagan. Şundan keyin er unga taşlanib qolgan.
Avvalroq, Pyotr Karimov Krasnogorskda öz xotinini qattiq kaltaklagani, bu hodisa Podmoskovniy bulvaridagi köp qavatli uyda sodir bölgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Özaro janjal davomida er xotinini bir neça marta urgan. Ayol turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yetkazilgan. Karimov militsiya bölimida söroq qilingan va qöyib yuborilgan. Şundan söng, bedarak yöqolgan.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari ötkazilmoqda. Pyotr Karimov hozirda gumonlanuvçi maqomida.
Şifokorlar uning rafiqasiga qorin jarohati, miya çayqalişi va qon ketişi taşxisini qöyişgan.
Pyotr Karimov – Özbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning birinçi turmuşidan tuğilgan öğli.












