Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin Ukraina va Rossiya örtasida tinçlik rejasini muhokama qiliş uçun Afrika davlat va hukumat rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qilişga kelişib oldilar, dedi 16 may, seşanba kuni Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril  Ramafosa. Uning sözlariga köra, bu qarorlar telefon suhbatlari natijasida qabul qilingan.

“Ikki yetakçi bilan suhbatlarim ular Afrika yetakçilarini qabul qilişga va bu mojaroga qanday barham beriş mumkinligini muhokama qilişga tayyor ekanliklarini körsatdi”, dedi Ramafosa Singapur boş vaziri bilan qöşma brifingda. Uning qöşimça qilişiça, muzokaralarning muvaffaqiyati muhokamalar qanday ötişiga boğliq.

Ramafosaning rejasini Senegal, Uganda va Misr rahbarlari qöllab-quvvatladi, AQŞ va Britaniya hukumati esa “ehtiyotkorlik bilan” ma’qulladi, dedi JAR prezidenti. London va Vaşingtondan taşqari, uning sözlariga köra, Afrika taşabbusi haqida BMT Boş kotibiga ham ma’lumot berilgan. Moskva va Kiyev hozirça Ramafosaning bayonotiga munosabat bildirmadi.

Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi muzokaralarning bir neça raundi keng kölamli uruşning boşida, oxirgisi - 2022 yil mart oyida bölib ötdi. Ukraina rasmiylari Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borişga tayyor emasliklarini va hududiy yon berişni qat’iyan rad etişlarini bir neça bor ta’kidlagan. Avvalroq Xitoy özining tinçlik rejasini işlab çiqdi, uning taşabbusi öt oçişni töxtatiş, barça mamlakatlar suverenitetini hurmat qiliş va bir tomonlama sanksiyalarni tugatişni nazarda tutadi. Kiyev va Vaşington Xitoy rejasini qöllab-quvvatlamaydi. Biroq, Xitoy Taşqi işlar vazirligining maxsus vakili Li Xuey 15 may kuni Rossiya, Ukraina va Yevropa davlatlariga tinçlik kelişuvini muhokama qiliş uçun safarini boşladi.