"Faqat aytişim mumkinki, ular Ukrainaga jönatilayotgani haqida e’lon qilganimizdan keyin ham foydalanişda bölgan, mening ma’lumotlarimga köra, ular avvalroq qöllanilgan. Lekin tafsilotlarni keltira olmayman", - dedi Uolles.
Uning sözlariga köra, "jangovar qiruvçi samolyotlar kabi uzoqroq masofadagi nişonlar vayron bölişini ta’minlaydigan" Storm Shadow raketalari Ukrainaga hali taqdim etilmagan zamonaviy samolyotlarning yetişmasligini qisman qoplaş imkonini beradi.
"Biz jangovar qiruvçilar bilan ta’minlay olmaymiz, ammo jangovar qiruvçi samolyotlar qila oladigan narsalardan biri - qöşimça zarba beruvçi texnika yetkazib berişda yordam bera olamiz", dedi Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari.
Britaniya Ukrainaga yuzlab zenit raketalari va jangovar uçuvçisiz uçoqlarni topşiriş niyatida. Bu haqda Volodimir Zelenskiyning Londonga taşrifi munosabati bilan 15 may kuni Britaniya hukumati ma’lum qildi.
Bundan taşqari, joriy yilning yozida Buyuk Britaniya ukrainalik uçuvçilarni F-16 qiruvçi samolyotlarini boşqariş böyiça tayyorgarlikdan ötkazişni boşlaydi, deyiladi Britaniya hukumati saytida. Ukrainaliklar uçun Qirollik harbiy-havo kuçlari uçuvçilari öqiydigan dastur moslaştirilmoqda.













