Kuni kecha Kun.uz’ning yutub kanaliga Sardoba fojiasi haqida tahliliy videorolik joylangandi. Unda tahririyat xodimi mazkur fojia doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan M.Xolmatov haqidagi kadrlarni to‘ldirishda Toshkent viloyatining sobiq hokimi, hozirda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Xolmatovning suratidan foydalanib, xatoga yo‘l qo‘ygan.

Ushbu qo‘pol xatolik tufayli videorolik ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirildi. Shuningdek, uni tayyorlashda xatoga yo‘l qo‘ygan xodimlarga belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llandi.

Tahririyat mazkur xatolik uchun Rustam Xolmatovdan uzr so‘raydi.