Toşkentning Bektemir tumanidagi 348-maktabda 6-sinf öquvçisini ilon tişlab oldi. Bu haqda internetda tarqalgan xabarni Toşkent şahar MMTB tasdiqladi.

Ma’lum qilinişiça, bu maktab binosi 1978 yilda qurilgan bölib, Bektemir tumani Zabardast mahallasining Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumanidagi ekinzor dala hududi bilan çegaradoş qismida joylaşgan. Bu yerdan katta oqava suv kanali ötgan.

10 may kuni soat 12:30 larda maktabning 6-sinf öquvçisi O‘.A.ni maktab binosining 2-qavati deraza rom qismining tirqişidan ilon (dala suv iloni) tişlab olgan.

Rasmiy xabarda aytilişiça, öquvçiga şu vaqtning özida birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, ota-onasi va sinf rahbari hamrohligida Toşkent şahridagi 16-sonli şifoxonaga olib borilgan. U yerda öquvçiga jiddiy jarohat yetmagani aniqlanib, öquvçi şu kunning özida maktabdagi dars jarayonlarida qatnaşgan.

Qöşimça qilinişiça, 348-maktabda 2008 yildan beri ta’mirlaş işlari olib borilmagan bölgan. Faqatgina 2023 yilning mart-aprel oylarida “Taşabbusli budjet” asosida maktabning tom qismi mukammal ta’mirlangan. Davlat dasturiga köra, maktabni 2024 yilda töliq mukammal ta’mirlaş közda tutilgan.