Qaynona-kelin munosabatidagi kelişmovçiliklar köp hollarda kelin rözğor yumuşlarini bilmasligidan emas, balki har ikkala tomon muomala sir-asrorlarini örganmaganligidan kelib çiqadi. Qaynonasiga vaqtida yuragini yorolmagan, dardini aytolmagani natijasida kiçik darddan katta asoratlar kelib çiqqan, alaloqibat yarimjon bölib qolgan ayollar kam emas. Bugungi qahramonimiz ham ana şunday ayollardan.

“Oilada 3 qiz va 2 öğil farzand bölganmiz. Onam bilan biz farzandlar örtasida parda bor edi. Ular bizga ayrim narsalarni — er-xotin, oila, qaynona, ovsin munosabati nimaligini örgatmagandi. Ammo uy-rözğor işlari oş-ovqat, non, pişir-kuydir, tozalikni juda yaxşi örgangandik.

Bunda onamni aybdor qilolmayman, çunki onamning onalari, ya’ni buvimiz ozarboyjon qizi bölgan. Onamni turmuşga berganlarida otamiz içkuyov bölib kelgandi. Şuning uçun ham qaynona, ovsin, kelin munosabatlari qanday bölişini onamning özlari ham bilmagan. Men katta qizlari edim. Qudali bölişni ham, özbek urf-odatlarini ham yaxşi bilmaganlar va heç narsa örgatolmaganlar bu borada.

Amakimning qizi bilan bir hovliga, aka-ukalarga kelin bölganmiz. Amakimning qizi oldinroq, 1995 yilda, men 2001 yilda kelin bölganman. Bu vaqtda amakimning qizlari — katta ovsinim özi boş bölib, qaynonamga aytolmagan, söray olmaganlarimni aytib, sörab berardi.

3 öğil va 3 qiz farzandi bor oilada kelinman. Qaynonam bilan katta qaynakam rözğorboşi. Ular nima desa şu. Şunday qilib, oila muhitim, kiyinişim, yeb-içişim, hammasi özgardi. Kamqonlik, boş aylanişi, allergiya, sistit... Sinovli kunlar boşlandi.

Ikki yarim yildan keyin birinçi farzandim tuğildi. Öşangaça ona uyimda 1 kun mehmon bölib yotmadim. Köp ötmay ikkinçi farzandimga homilador böldim.

Homilam yetti oylik bölib qolgandi. Öşa kuni ham kun böyi banka konservaladik va vaqt peşindan ötganda menda nimadir oqib, sizib çiqa boşladi. Peşob tutolmay qoldimmi, deb öyladim. U suv ketişi ekan, bilmaganman. Aytişga qörqqanman.

Xonamga kirib yotdim, sal qimirlasam yana suv ketardi. Qaynonam xonamizga kirib, “tur, ovqatga qara, keç bölyapti”, dedi. Nima deyişni bilmayman. Uç-tört qayta kirganlaridan keyin uç soatdan beri suv ketayotganini aytdim. Darrov onamnikiga jönatişdi. Onam “roddom”ga olib bordi. Borgunça suv tugab bölibdi. Ukol qilib tuğdirib olişdi.

Şunday qilib ikkinçi farzandim tuğildi. Yetti oylik bölib tuğilgani uçunmi juda kiçkina edi. Vazni ham 1 kg 100gr. Uni 11 kun apparatga ulab qöyişdi. Bu orada soğliğimni yöqota boşladim. Tuğuruqdan keyin belimni kötarolmasdim. Muvozanatni saqlab qololmayman, salga turtilsam yiqilaman. Endi yaxşigina davolaniş kerak, lekin ruxsat yöq. Uydagilarimga davolaniş haqida aytişga qörqqanman.