Xalq demokratik partiyasi, Özbekiston Ekologik partiyasi, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi, ÖzLiDeP va “Adolat” SDPning boşlanğiç partiya taşkilotlari tomonidan prezidentlik saylovlari uçun öz nomzodlariga imzo yiğiş jarayoni davom etmoqda.

Imzo töplaş tamomlanganidan söng hududlar böyiça alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasiga topşiriladi hamda ularning töğri töldirilganligi beş kunlik muddatda tekşirib çiqiladi. 

Xalq demokratik partiyasiga köra, partiyaning imzo yiğiş jarayonida fuqarolar, aholining turli qatlami vakillari partiya ğoyalari, taşabbuslari bilan yaqindan tanişgan holda qatnaşmoqda.

Özbekiston Ekologik partiyasida ovoz töplaş jarayonlari partiyaning 3 mingdan ortiq boşlanğiç partiya taşkiloti, partiya faollari bilan birgalikda taşkil etilmoqda. Partiya mazkur jarayonda fuqarolar öz xohiş-istaklari bilan körsatilgan nomzodni qöllab-quvvatlab, saylovda iştirok etişiga xayrixohlik bildirayotganini ma’lum qilgan. 

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tomonidan ham imzo yiğiş işlari jadal olib borilyapti. Jumladan, Namangan şahridagi “Yangi Özbekiston – yoşlar ziyo maskani”da köplab saylovçilar partiyadan körsatilgan nomzodni qöllab-quvvatlab, imzo varaqasini töldirganlar.