«Hududgaz Toşkent» gaz taminoti filialining «Örtaçirçiqtumangaz» gaz ta’minoti bölimining yetakçi muhandisi M.O. 8 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
U bu pulni mahalliy MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari örnatilgani uçun jarima rasmiylaştirmaslik evaziga olgani aytilmoqda.
DXX xabariga köra, tezkor suriştiruv harakatlari davomida, muhandis uşbu pul mablağini «Hududgaz Toşkent» gaz taminoti filialining yetakçi muhandisi B.M. körsatmasiga asosan olgani aniqlangan va uşbu şaxs ham uşlangan.
Hozirda ikki mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Tezkor tadbirni Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorlikda ötkazgan.

















