Rossiyalik taniqli muxolifatçi, siyosatçi, Vladimir viloyati Melexovo qişloğidagi 6-sonli qattiq tartibli koloniyada («IK-6») jazo muddatini ötayotgan Aleksey Navalniy yana jazo izolyatoriga jönatildi, deb xabar berdi siyosatçining tarafdori Ivan Jdanov 22 may, duşanba kuni Twitter’dagi mikroblogida. «Navalniy yana 15 kunga JIZOga yuborildi. Bugun soat 9:30 da komissiya böldi. Hozirça boşqa tafsilotlar yöq», deb yozdi Jdanov. 

Navalniy «IK-6»dagi jazo kamerasiga 16-marta jönatildi. Siyosatçi ötgan yozning örtalaridan beri uşbu koloniyada saqlanmoqda. Ilgari Navalniyni JIZOga joylaştiriş uçun «yoqadagi tugmani yeçib qöyiş» yoki «öz vaqtida yuvinmaslik» kabi sabablar körsatilgan. 

Navalniy oxirgi marta 11 may kuni JIZOga joylaştirilgani haqida e’lon qilgan edi. «Mahkum Navalniy tarbiyaviy işlar tartibiga amal qilmayapti va özi uçun töğri xulosa çiqarmayapti». Şu tariqa, mening jazo izolyatorim böyiça körsatkiç 165 sutkaga yetdi», deb yozgan edi u öşa paytda. 

Yanvar oyida Berlinda, Rossiya elçixonasi binosi qarşisida Navalniy yuborilayotgan JIZO kamerasining nusxasi örnatildi. Obektni muxolifatçining ukasi Oleg Navalniy va siyosatçining tarafdori Leonid Volkov taqdim etgan. Öşanda Volkov JIZO kamerasining nusxasi boşqa Yevropa davlatlarida ham vaqtinça örnatilişini aytgandi.