Özbekistonda 2023 yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 258,5 ming tonna neft qazib olindi.
Özbekiston Statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilişiça, bu körsatkiç 2022 yilning şu davridagiga nisbatan 4,3 foizga oşgan.
2023 yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 63 ming tonna neft qazib olingan.
Ma’lumot uçun, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni taşkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,3 mlrd dollarga yoki 13,4 foizga oşgan.
Statistika agentligiga köra, 4 oyda Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi hajmida eksport 7,7 mlrd dollarni taşkil etgan.
Bundan taşqari, respublika taşqi savdo aylanmasi hajmida import körsatkiçi 11,9 mlrd dollarga teng böldi.
Özbekiston 2023 yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirgan.

















