Muhokama mavzulari Ukrainaning NATOga qabul qilinişi istiqbollari, şuningdek, Ğarb hamkorlari tomonidan Kiyevni keyingi harbiy qöllab-quvvatlaş va Ukrainaning öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv istiqbollari haqidagi qaraşlari böldi, deb yozdi Reznikov Twitter’da.
Ukrainaning Liga.net internet-naşri yozişiça, Uolles öz mamlakati Ukrainaga bergan Storm Shadow qanotli raketalarini Ğarb hamkorlari tomonidan Kiyevga taqdim etilgan «şunday turdagi birinçi qurol» deb atagan.
Öz navbatida, Oleksiy Reznikov Ben Uollesning şaxsiy iştiroki tufayli Ukraina Storm Shadow’dan taşqari «boşqa köplab narsalarni» olganini ta’kidladi. U bu haqda hozirça oçiq aytolmasligini bildirdi.
Buyuk Britaniya Ukrainaning London Kiyevga topşirgan uzoq masofali Storm Shadow raketalaridan foydalanganidan xabardor. Bu haqda Londonda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles norvegiyalik hamkasbi Born Arild Gram bilan qöşma matbuot anjumanida aytib ötgandi.
«Faqat aytişim mumkinki, ular Ukrainaga jönatilayotgani haqida e’lon qilganimizdan keyin ham foydalanişda bölgan, mening ma’lumotlarimga köra, ular avvalroq qöllangan. Lekin tafsilotlarni keltira olmayman», - dedi Uolles.
Uning sözlariga köra, «jangovar qiruvçi samolyotlar kabi uzoqroq masofadagi nişonlar vayron bölişini ta’minlaydigan» Storm Shadow raketalari Ukrainaga hali taqdim etilmagan zamonaviy samolyotlarning yetişmasligini qisman qoplaş imkonini beradi.











