18-20 may kunlari Buxoroda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, viloyat hokimligi hamkorligida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ziyolilar uchun ilmiy-ma’rifiy muloqot maydonini tashkil etish orqali ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladigan ma’naviy ko‘prik yaratishdan iborat.




Ilm-ma’rifatning qadim o‘chog‘i bo‘lgan Buxoro shahridagi Mir Arab Oliy madrasasida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani va konferensiya materiallari to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 100 nafardan ortiq olimlar, professor, dotsentlar hamda hududlardan turli soha mutaxassislari ZOOM orqali qariyb 200 nafar ziyolilar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.




Mazkur anjuman respublikamiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan ziyolilar uchun jonli muloqotni amalga oshirish, ular bilan tajriba almashinish uchun ma’naviy maydon vazifasini bajaradi. Konferensiya o‘z ishini shu’balarga bo‘lingan holda davom ettirdi





























