Prezidentning «Ma'naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq «Ijod» jamoat fondi tasarrufidagi Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, «Do‘rmon» ijod uyidan foydalanish direksiyasi» UK va «Oqqum fayz baraka» ShK Yozuvchilar uyushmasiga o‘tkaziladi.
«Ijod» jamoat fondi negizida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Ma'naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi:
- respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari;
- vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi:
- uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi asosida maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'lim bosqichlari uchun metodik qo‘llanma, uslubiy tavsiyalar, ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga yetkazish;
- milliy meros, buyuk ajdodlarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- IT-parklar, innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter o‘yinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
- joylarda ma'naviy-ma'rifiy muhitni o‘rganish, hududiy ma'naviyat va ma'rifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ekspertlar guruhlarini qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat va xalqaro miqyosda ilmiy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazish;

















