«Barselona» klubi rasmiy sayti Jorji Alba jamoadagi 11 yillik faoliyatidan keyin mavsum yakunida Kataloniya klubini tark etişini ma’lum qildi. Alba va «Barsa» örtasidagi amaldagi kelişuv 2024 yilga qadar imzolangan bölsa-da, şartnomani özaro bekor qiliş böyiça bir töxtamga kelingan. 

Ispaniyalik 34 yoşli himoyaçi Kataloniya klubida 11 yil faoliyat olib bordi. U kelasi mavsum yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida ötadi.

Qayd etilişiça, Alba va Serxio Buskets yakşanba kungi «Malorka»ga qarşi öyinda «Kamp Nou»da muxlislar bilan xayrlaşadi. 

Ma’lumot uçun, Alba 2012 yildan buyon Kataloniya klubida töp surib, 5 karra La Liga çempioni, 5 marta Ispaniya kubogi sohibi, 4 karra Ispaniya Superkubogi ğolibi bölgan. Şuningdek, u «Barsa» bilan Çempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar örtasidagi JÇ boş sovrinlarini qölga kiritgan.

Avvalroq, Buskets va Alba Messi bilan birga yozda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga ötişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.