Yaqin istiqbolda maktablar yetişmovçiligining ijtimoiy oqibatlari kuçli böladi, ya’ni biz inson kapitali böyiça orqada qolamiz, deydi ta’lim eksperti Komil Jalilov. Iqtisodçi Otabek Bakirov esa kamida 10-15 yillik yuklama ortib borişini hisobga olib, prioritetlarni töğri belgilaş va maktablar qurilişiga köproq pul ajratiş kerakligini aytmoqda.
Ötgan hafta Samarqandda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşi yiğilişi bölib ötdi. Konferensiya doirasida YeTTB Namangan va Farğona viloyatlarida 15 ta maktab qurilişiga grant ajratişi e’lon qilindi. Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQŞ dollarini taşkil qiladi.
Yangi maktablar qurilişi yaxşi xabar böldi, albatta. Ammo raqamlarni butun respublika miqyosida oladigan bölsak, bu yetarlimi? Umuman, maktablarning hozirgi xöjalik faoliyati qay ahvolda? Bunda mahalliy hokimliklarning roli qanday bölyapti?
Kun.uz bu dolzarb mavzuda iqtisodçi Otabek Bakirov va ta’lim böyiça ekspert Komil Jalilov bilan suhbatlaşdi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga öz vakilini yuborişni sörab qilgan murojaatimizga ijobiy javob bölmadi.
– Hozirda Özbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab 5 mln 200 ming öquvçini qabul qila oladi. 2022 yil noyabr holatiga köra, mamlakatda 6 mln 400 ming nafar öquvçi tahsil olmoqda. Bir neça yil oldin öşa vaqtdagi XTV 2026 yilgaça öquvçilar soni 7,5 mlnga yetişini prognoz qilgandi. Ya’ni bizda taklifga nisbatan talab ortib ketmoqda, maktablar yetişmovçiligi hanuzgaça dolzarb muammo bölib turibdi. Agarda holat davom etaversa, Özbekistonni yana qanday ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar kutib turibdi? Bu muammo nimalarga ta’sir qiladi, sizningça?
Komil Jalilov:
– Yaqinda Özbekiston PIRLS tadqiqotlarida qatnaşgandi. Uning natijalari
Mazkur tadqiqot boşlanğiç sinf öquvçilarining öqiş savodxonligini, ya’ni öqigan matnini qay darajada tuşunişini tekşiradi. Şu tadqiqotlarda 57 ta mamlakat qatnaşgan bölsa, Özbekiston 49-örinni egalladi. Özbekiston qayd etgan örtaça ball tadqiqotda belgilangan örtaça balldan ançagina past. Tadqiqotda qatnaşgan possovet davlatlari orasida biz eng oxirgi örindamiz. Ya’ni biz bilan bir xil tarixiy şaroitga ega Rossiya, Qozoğiston, Gruziya singari davlatlar yuqori örinlarda.
Tahlilda bu natijalarga nimalar ta’sir qilgani ham taqdim etilgan. Şularga qaraydigan bölsak, unda maktablardagi resurslar yetişmovçiligi ham öquvçilarning natijasiga ta’sir qilgani yozilgan. Masalan, bizda 2-3 smenali maktablar bor, maktablarda resurslar yetişmovçiligi ham bor. Ya’ni sinfda öquvçilar soni köpligi, maktab kutubxonalarida kitoblarning bor-yöqligi, umuman maktabdagi resurslar yetişmovçiligi öquvçilarning özlaştiriş darajasiga xohlaymizmi yoki yöq, öz ta’sirini ötkazadi. Yaqin istiqbolda buning ijtimoiy oqibatlari kuçli böladi. Ya’ni biz inson kapitali böyiça ança orqada qolamiz, orqada qolyapmiz ham.
Jahon banki hisobotiga köra, bizdagi öquvçilarning 12 yili: 1 yil maktabgaça tayyorlov va 11 yil majburiy örta ta’limi haqida gapirsak, şunça yil ta’lim oladigan öquvçini sifat koeffitsiyentiga köpaytirsa, ta’lim oluvçilarning 2,9 yili yöqqa çiqarkan. Ya’ni 12 yil maktabda öqigan öquvçini sifatga korreksiya qiladigan bölsak, 9 yil ta’lim olgandek bölar ekan. Agar resurslar yetişmovçiligi yoki boşqa muammolar hal qilinmasa, bu orqada qoliş yanayam kengayib, köpayib boraveradi, menimça.
Komil Jalilov
Zamonaviy ta’lim nimani talab qiladi? Oddiygina maktab ta’limini olsak, unda yillar davomida örganib qolingan frontal işlaş bor. Ya’ni öqituvçi doskaning oldida turib mavzuni tuşuntiradi, nari borsa 1-2 nafar öquvçini yoniga çaqiradi, qolganlari esa yuzma-yuz ötirib tahsil oladi. Bu köproq ma’lumotni yetkaziş usuli hisoblanadi, qandaydir leksiya şaklida buni qöllaş qulay. Lekin öquvçida tahliliy fikrlaş, guruh bölib işlaş, XXI asr könikmalari deymiz-ku, şularni rivojlantiraman desangiz, frontal usul noqulay metoddir. Çunki bu könikmalarni rivojlantiriş uçun öquvçilarning özi köproq işlaşi kerak, öqituvçi esa fasilitator vazifasini bajarişi, ya’ni ta’lim jarayonining boşqaruvçisi bölişi kerak. Buning uçun esa öquvçilar guruhlarda juft bölib işlaşi, loyihalar, taqdimotlar qilişi kerak böladi.
Sinfda deylik 45 nafar bolaga ziçlab partalarni qöyib çiqişgan bölsa, guruh bölib loyiha, taqdimotlar ustida işlaşga imkon ham bölmaydi. Partalarni sudrab, vaqt yöqotiş uçun heç kimning hafsalasi yöq. Şuning uçun ham eng oson yöli – doskaning oldida turib mavzuni tuşuntirib, frontal işlaş usuliga ötib olişadi. Va bu narsa ta’limning sifatiga baribir ta’sir qiladi. Öquvçiga XXI asrda öz örnini topişi uçun kerak böladigan könikmalar rivojlanmay qolib ketaveradi.
Otabek Bakirov:
– Avvalambor, adaşmasam, 2017 yildan 2018 yilga ötar öquv yilida yana 9 yillik majburiy, 3 yillik kasb malaka sistemasidan 11 yillik ta’lim tizimiga ötişni boşlaganmiz. Mening nazarimda, yana öşa jarayonga qaytganimizdayoq biz 2019 yilda, 2020 yilda qanday resurs yetişmovçiligiga duç kelişimiz, umuman yaqin 5-10 yilda bizni qanday muammolar kutişini öylaşimiz, bunga baho berişimiz kerak edi.
Juda köp tadqiqotlarda oxirgi 10 yillarda maktablar yetişmovçiligi masalasi haqida yangi davrga kelganda gapirilyapti deyilyapti, haqiqatan ham şunday, buni tan oliş kerak. Lekin bir narsani bilişimiz kerak, 2002 yildan to 2016-2017-yillargaça Özbekiston avval 9 yillik majburiy ta’lim va 3 yillik akademik, kasb-hunar ta’lim tizimiga ötgan edi. Ya’ni maktablar qurilgani yöq, lekin mingdan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qurilgandi. Maktablarga bölgan yuklamaning bir qismini yuqori sinflarda kollej yoki akademik litseylar tizimiga köçirgan edik.
Ya’ni 1 mln 200 ming nafar ortiqça yuklama 3 ta sinfga taalluqli yuklama hisoblanadi. Misol uçun, hozirgi kunda kiçik sinflarda bir yilda 750 minggaça öquvçi böladigan bölsa, yuqori sinflarda 400-450 minggaça öquvçi mavjud. Va biz buni oldindan prognoz qilişimiz kerak edi, ya’ni 11 yillik ta’limga qaytişimizning oqibatlarini hisob-kitob qilişimiz lozim edi. Buning iqtisodiy oqibatlarini ham köz oldimizga keltirişimiz zarur edi.
Endi nima bölyapti? 2019-2020-yillarga kelib, haqiqatan bir vaziyatga duç keldik. 10-11-sinfdagilar maktabni töliq tamomlaş sikliga ötgandan keyin öquvçilar yuklamasi maktablarda haddan taşqari ortib ketganini kördik. Ayniqsa, şaharlarda, viloyatlar markazlarida. Çunki 2017-2019 yillarda nafaqat maktablar 11 yillik tizimga qaytdi, balki içki migratsiya jarayonlari ham kuçayib ketdi. Juda köp ota-onalar, işçi kuçi, mehnat resurslari qişloqlardan şaharlarga, xususan, Toşkent şahriga, viloyat markazlariga köçişni boşladi. Bu öz-özidan yirik şaharlarda davlat ta’lim sistemasida mavjud yuklamadan ham köproq yuklamani bera boşladi. Biz şu narsalarni oldindan prognoz qilib, oldindan oqibatlarini öylaganimiz yöq.
Otabek Bakirov
E’tibor bering, 2016-2017-yillarda bu muammo, ya’ni ortiqça yuklama masalasi kötarilmagandi. 2020-2021-yillardan boşlab bu muammo aniq körina boşlandi. Öşanda yeçimlar haqida öylanganda biz xususiy maktablar tizimini rivojlantiriş va unga rağbat beriş orqali körişni boşladik. Bu xususiy maktablar tizimining kengayişi, rivojlanişi ma’lum bir yuklamani oladi. Ayniqsa, yuqori daromadga ega qatlamdagi ota-onalarning farzandlarini ta’limga bölgan ehtiyojini qoplaydi, lekin biz faqat şu urğu bilan töxtab qoldik-da. Agar xotiram aldamayotgan bölsa, ötgan yilda mavjud maktablarning içki imkoniyatlaridan kelib çiqib qöşimça maktab binolarini quriş orqali 60 ming nafar qöşimça öquvçi örniga ega bölgan korpuslar qurildi. Bizda yiliga busiz ham 200 ming öquvçi yuklamasi ortib boryapti-da, biz qöşimça öquvçi korpusini quriş orqali 60 ming darajadagi yuklamani olyapmiz, xolos. Ya’ni yuklamani kamaytirmayapmiz, bunga ulgurolmayapmiz.
Köpçilik öylaydiki, bu tizim yaqin 5 yillikning muammosi, 5 yildan keyin, misol uçun, 2027 yilga borib turib, yana muvozanatga qaytamiz deb öylaşi mumkin. Men bunday deb öylamayman. Hali bizda demografik dividend 2030 yilning örtalarigaça davom etsa kerak deb öylayman. Çunki hozirda yiliga 920 ming nafar bola tuğilayotgan bölsa, 2030 yilga borib maktablarga 1-sinfga çiqayotgan bolalar soni 750 ming emas, 920 ming bolaga köpayişi va şunça yuklama berişi mumkin degani. Ya’ni bu öz-özidan sörilib ketadigan jarayon emas. Biz kamida 10-15 yillik yuklama ortib borişini hisobga olgan holda infratuzilmaga köproq pul tikişimiz kerak.
11 yillik ta’lim – aslida 9 yillik ta’lim bölib çiqyapti. Resurslar yetişmovçiligi oqibatida yuzaga kelayotgan sifatsizlik sabab 3 yilni havoga sovuryapmiz. Ya’ni bu yerda nafaqat maktab yetişmovçiligi bilan boğliq bölgan masala, balki resurslarni töğri, samarali işlatmayotganimiz bilan boğliq muammo ham kötarilyapti-da.
Komil Jalilov:
– Mana şu yerda qöşimça qilmoqçi edim. Vaqtida sovet ittifoqidan meros qolgan 11 yillik ta’lim tizimi bor edi, keyin biz juda katta mablağ va kuç sarflab, töliq 9+3 tizimiga ötgan edik, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tarmoği butun respublikani qamrab olgandi. Har bir hududdagi öquvçilar soni hisobga olinib qurilgandi. Undan keyin 11 yillik tizimga qaytamiz deganda, bu jarayonni qöpol bölsa ham aytaman, “burgaga aççiq qilib, körpani kuydiriş”ga öxşataman. Nimaga? Çunki ayrim kasb-hunar kollejlarida bölgan köngilsizliklar, öquvçilar örtasidagi janjallar rezonans berib, 9+3 tizimidan voz keçişga olib kelindi. Lekin buning ilmiy tahlili qilinmadi. Xöş, qaytsak nima böladi-yu, qaytmasak nima böladi? Öquvçilar örtasidagi janjallar, muammolarni bu tizimni butunlay barbod qilmasdan ham yeçiş mumkinmidi, degan bir savolni qöymadik-da, yeçimni şu tizimdan voz keçib, hammani maktabga qaytarişda deb bildik. Buning oqibatida maktablarga yuklama ortdi.
Orada juda köp kasb-hunar va akademik litsey binolari nima böldi? Ular maktabga berildimi, ta’lim binosi sifatida işlatilyaptimi? Bu ham örganilişi kerak bölgan masala. Çunki bu binolar ham ta’lim muassasasi sifatida qurilgan obektlar edi, ularning taqdiri nima böldi? Qançasi ta’lim muassasasi sifatida işlatilyapti-yu, qançasi profilini özgartirdi? Bu ham bir tahlil qilinişi kerak bölgan narsa.
Yana bir narsa, Otabek aka juda töğri fikrni kötardilar – resurslarning notöğri taqsimlanişi yoki samarasiz işlatilişi. Jahon banki hisobotida Özbekistonning boşqa davlatlarga nisbatan YaIM yoki jami davlat xarajatlari uluşi nuqtayi nazaridan olsangiz, ta’limga ançagina pul ajratayotgani qayd etilgan. Lekin ta’limga ajratilayotgan pulning 81 foizi oylikka ketar ekan-da. Ya’ni boya biz tilga olgan kapital, resurslarni rivojlantiriş, binolar yoki boşqasiga juda kam mablağ qolyapti. Juda köp qismi oyliklarga ketib qolyapti. Ammo şunda ham öqituvçilarimiz juda katta oylik olib, yaxşi yaşab ketayotgani ham yöq.
Intervyuning töliq qismini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi