Maktablarda öquvçi örinlari yetişmasligi böyiça tuzilgan işçi guruh respublikaning barça hududlarida örganiş olib bormoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabar berilişiça, bugungi kunda respublikada 5 mln.dan ortiq öquvçi örniga möljallangan 10 130 ta maktabda 6 mln 246 mingdan ortiq öquvçi ta'lim olmoqda. Vazirlik prognozlari kelgusi 5 yillikda maktab öquvçilarining kutilayotgan soni 7,5 mln.ga yetişini körsatdi.
“Maktablarda öquvçi quvvati yetişmasligi oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarning oldini oliş maqsadida kelgusi beş yillikda hududlarda yangi barpo etiladigan uy-joy massivlarida yangi maktablar qurilişini, quvvatiga nisbatan öquvçilar soni köpayib ketgan va öquvçilar soni keskin ösişi kutilayotgan maktablarga qöşimça öquv binolarini qurişni (hududdagi maktab yoşidagi bolalar sonining demografik ösişini hisobga olgan holda), şuningdek, maktab filiallarini tölaqonli maktablarga aylantiriş işlarini jadallaştirişni talab etadi.
2022 yilda yurtimizda jami 306 ta umumta'lim maktabini: 15 176 öquvçi örniga möljallangan 37 ta maktab quriş, 71 819 öquvçi örniga möljallangan 180 ta maktabni rekonstruksiya qiliş va mavjud 89 tasini mukammal ta'mirlaş rejalaştirilgan.
Hukumat topşiriğiga binoan holatni örganiş maqsadida tuzilgan işçi guruh bugungi kunda respublikaning barça hududlarida maktablar va öquvçilar soni yuzasidan ma'lumotlarni örganmoqda”, deyiladi xabarda.
Xalq ta'limi vaziri tomonidan ham yangi barpo etilayotgan uy-joy massivlari hududida yangi maktab binolarini barpo etiş, quvvatiga nisbatan öquvçilar soni keskin oşib ketişi kutilayotgan maktablarga qöşimça öquv binolarini quriş hamda ta'mirtalab maktablarni ta'mirlaş böyiça 2022-2026 yillarga möljallangan manzilli dasturni şakllantirilyapti.
Ta'kidlanişiça, işçi guruh hamda vazirlik tomonidan örganişlar yuzasidan 2022-2026 yillarga möljallangan umumta'lim maktablarini quriş, rekonstruksiya qiliş rejasi işlab çiqiladi. Bunda













