Toşkent Kimyo xalqaro universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirib bormoqda. Xususan, universitet Italiyaning Peskara - Yevropa Dizayn Universiteti bilan qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiriş böyiça kelişuv imzoladi. Şuningdek, Peskara universiteti mutaxassislari tomonidan, KIUT’dagi professor-öqituvçilar va talabalar uçun master klasslar taşkil etildi.

“Bugun biz Toşkent Kimyo xalqaro universiteti bilan qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiriş böyiça kelişuv imzoladik. Özaro kelişuvlarga köra, endilikda, özbekistonlik va italiyalik talabalar moda va dizayn yönalişlarida özaro ma’lumot va tajriba almaşiş imkoniyatiga ega bölişmoqda. Şuningdek, KIUT talabalari Summer school dasturlari orqali, Italiyaga borib bizdagi ta’lim tizimi bilan tanişişlari mumkin böladi.

Universitetda ötkazilayotgan bunday tadbirlarga keliş va talabalarning işlanmalari bilan yaqindan tanişiş biz uçun juda muhim. Umid qilamanki, bugun hamkorlikda ötkazilayotgan Fashion shou kelajakdagi köplab hamkorliklarimizning boşlanğiç nuqtasi böladi”, - dedi Peskara universiteti direktori Mauritsio Lepore.

Italiyalik mehmonlar KIUT’da taşkillaştirilgan modalar namoyişida ham iştirok etişdi. Uşbu modalar namoyişi universitetda 2019-yildan buyon “Liboslar dizayni” yönalişi talabalari tomonidan hisobot tarzida ötkazib kelinadi. Uşbu körgazmada moda industriyasida özini iqtidorli şaxs sifatida körsatişga muvaffaq bölgan yoş dizayner – talabalarning sönggi kolleksiyalari namoyiş etiladi. Har bir talaba eng zamonaviy texnologiyalar, materiallar va ğoyalarni qöllagan holda yaratilgan ijod namunalarini keng ommaga taqdim etadi.

Uşbu modalar namoyişi turli stillar, badiiy jarayonlar, tendensiyalarni qamrab olgan 30 dan ortiq liboslar töplamidan taşkil topgan. Talabalar öz töplamlarida “Ijod manbalari”, “Tabiat”, “Transformatsiya”, “Etno” kabi mavzular ustidagi izlanişlari va kreativ ğoyalarini namoyiş qiladilar.

Uşbu namoyiş moda olamida rivojlanişning yangi bosqiçiga aylanib, talabalarning professional va ijodiy ösişlariga asos bölib xizmat qiladi.

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.kiut.uz

Telegram: t.me/kiut_official