Antaliya – bolalar köngiloçar maydoni
Bugungi kunda Antaliya farzandlaringiz bilan qiziqarli sayohat va birinçi darajadagi ta’til uçun Turkiyadagi eng yaxşi dam oliş maskani hisoblanadi. Şahardagi qulay va rivojlangan infratuzilma hamda Antaliyaning tengsiz qumli va toşli plyajlari “Moviy bayroq”qa ega. Şuni ta’kidlaş joizki, şahar doim özining tozaligi va dam oluvçilar uçun yaratilgan qulaylik darajasi bilan maşhur bölgan. Bundan taşqari, Antaliya mehmonxonalari qulay va unutilmas oilaviy dam olişni taşkillaştirişga qaratilgan. Asosiysi, bu yerdagi vaqtingiz köplab diqqatga sazovor joy, şahar va uning atrofidagi köngiloçar maskanlardan foydalaniş imkoniyati tufayli qiziqarli voqealarga boy böladi.
Heç şubha yöqki, har bir ota-ona farzandlarining yozgi ta’tili unutilmas lahzalarga boy bölişini xohlaydi! Aynan Antaliyada mukammal dam oliş haqidagi orzularingizni haqiqatga aylantirişingiz mumkin! Farzandlaringiz va butun oilangiz gözal manzara, lazzatli taomlar, eng muhimi, iliq dengiz va uning muattar havosidan bahramand bölişlari mumkin böladi! Farzandlarimizning har tomonlama rivojlanişi va salomatligi uçun yana nima kerak?
Antaliya gurmanlar hududi
Har bir ota-onaga bolaning ovqati soğlom va foydali bölişi juda muhimdir. Bu, ayniqsa, yozgi ta’tilni rejalaştirişda dolzarb bölib, ba’zida barça zarur şart-şaroitlarga ega “aynan öşa, köngildagidek mehmonxona”ni topiş qiyin bölişi mumkin. Antaliya mehmonxonalari bolalar ovqatiga alohida e’tibor berib, mohir gurmanlar uçun juda keng tanlov va turli taomlarni taqdim etadi! Antaliyadagi barça restoranlarda bolalar menyusi, qulay va xavfsiz mebellar bilan jihozlangan rangli maydon, şuningdek, ota-onalar uçun maxsus çaqaloq bötqalarini tayyorlaş mumkin bölgan oşxona burçaklari mavjud.

Antaliya mehmonxonalari – butun oila uçun birinçi darajali qulaylik hududidir
Antaliya mehmonxonalari bolalarning yoşidan qat’i nazar, har doim ular uçun eng yaxşi öyin-kulgi va qulay dam olişni taşkillaştirişni birinçi öringa qöyadi. Bu yerda har bir bola özi uçun qiziqarli maşğulot bilan band böladi, animatorlar mavzuli tadbirlar ötkazadi, diskotekalar, turli mahorat darslari, musobaqa, tanlov, öyinlar va boşqa köplab tadbirlar taşkil qilinadi. Farzandingiz hali çaqaloq bölsa, sizning zavqli hordiq çiqarişingiz uçun maxsus öqitilgan enagalar unga ğamxörlik qiladi. 2-4 yoşli bolalar uçun kiçik klublarda qiziqarli maşğulotlar mavjud. Şu bilan birga, ösmirlar uçun dastur futbol akademiyasi va dizayn maktabidagi maşğulotlar, amfiteatr sahnasida öz aktyorlik mahoratini namoyiş etiş imkoniyati, animatorlar bilan baydarkada sayohat va sayr qiliş yoki döstlar bilan kinoteatrda film tomoşa qiliş imkoniyatini öz içiga oladi.



















