Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kiyevga dronlar yordamida yangi havo hujumlarini amalga oshirdi
Ukraina poytaxtidagi havo trevogasi uch soatdan ortiq davom etdi. Ukraina harbiy-havo kuchlari 36 ta kamikadze dronlarning barchasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Foto: DW
Ukraina poytaxti Kiyev 25 may, payshanbaga o‘tar kechasi yana Rossiya aviazarbalariga uchradi, deb ma’lum qildi Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko o‘zining Telegram-kanalida. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar ommaviy bo‘lgan, Kiyevdagi havo trevogasi uch soatdan ortiq davom etgan. Popko shuningdek, Kiyev bir necha marta hujumlar to‘lqiniga uchraganini va Rossiya, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda ishlab chiqarilgan kamikadze dronlardan foydalanganini aytdi.
Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevga 36 ta uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan, ularning barchasi yo‘q qilingan.
Ukraina rasmiylari boshqa shaharlarga ham havo zarbalari berilgani haqida xabar qildi. Havo hujumi haqida ogohlantirish, xususan, Rivne, Lviv, Ivano-Frankivsk, Odessa va Chernovits viloyatlarida yangradi.
May oyi boshidan beri Rossiya yana tunda Kiyevni o‘qqa tuta boshladi. To‘rt kun oldin Rossiya kuchlari shaharga yirik raketa hujumini uyushtirgan edi. Sergey Popkoning so‘zlariga ko‘ra, may oyida Kiyev 12 marta bombardimon qilindi.
Mavzuga oid
09:11 / 14.01.2026
Kiyevda vaziyat og‘ir: 500 ko‘p qavatli uy isitishsiz qoldi
08:26 / 09.01.2026
Rossiya armiyasi tunda Kiyev va Lvivga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
10:25 / 27.12.2025