Turkiyada 14 may kuni prezidentlik va parlament saylovlari bölib ötdi. Byulletenlar töliq hisob-kitob çiqilganidan keyin mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 49,35 foiz ovoz olgani ma’lum böldi — bu esa kuraş ikkinçi turga ötişini talab etardi. Bu bosqiçda unga muxolifatçilar nomzodi, birinçi turda 45 foiz saylovçilar tomonidan qöllangan Kamol Qiliçdoröğli yagona raqib böladi. 28 may kuni bölib ötadigan takroran ovoz beriş jarayoni yakunlariga «OTA ittifoqi» partiya blokidan nomzod sifatida körsatilgan, 5,22 foiz ovoz bilan uçinçi örinni egallagan Sinan Öğan ta’sir körsatişi mumkin: u allaqaçon öz tarafdorlarini Erdöğan uçun ovoz berişga çaqirdi. Lekin Öğan butun siyosiy faoliyati mobaynida amaldagi prezidentga qarşi çiqib kelgandi. «Meduza» Sinan Öğan kimligi va u nima uçun Erdöğanni qöllaşga qaror qilganini körib çiqdi.
Sinan Öğan Rossiyada öqigan, Turkiyaga qaytganidan keyin millatçilar partiyasiga qöşilgan (keyinroq uni partiyadan haydaşgan)
55 yoşda bölgan Öğan Turkiyaning eng qadimiy ta’lim dargohlaridan biri bölmiş Marmara Universitetining Iqtisodiyot va biznes boşqaruvi fakultetini tamomlagan. Kelib çiqişiga köra ozarboyjon bölgan Öğan Marmarada öqib çiqqanidan keyin Bokuga yöl olgan, bu yerda Ozarboyjon Davlat iqtisodiyot universitetida dekan muovini bölib işlagan va şu bilan bir vaqtning özida Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş vakili edi — bu Turkiya vitse-prezidenti departamentining rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy yordam körsatadigan bölimidir.
Öğan Turkiyaga 2000 yilda qaytib keladi — Yevrosiyo strategik tadqiqotlar markazining Rossiya va Ukraina böyiça bölimini boşqariş uçun. 2004 yilda bölajak siyosatçi Türksam nomli Xalqaro munosabatlar va strategik tahlil markaziga asos soladi — markaz rahbari ekanida u har yili Vladimir Putin, Sergey Lavrov va rossiyalik boşqa siyosatçilar çiqiş qiladigan «Valday» muhokama klubi yiğilişlarida bir neça bor qatnaşgan. 2009 yilda Öğan Rossiyaning Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
Yana ikki yil ötib Öğanning siyosiy faoliyati boşlanadi — u özi tuğilgan şahar Igdirdan Millatçilik harakati partiyasi (MNR) nomzodi sifatida Turkiya parlamentiga deputat etib saylanadi. 1970-yillarda bu partiya tarafdorlari radikal antikommunistik va antisovet ğoyalariga amal qilgan, 1990-yillardan kurd ayirmaçilariga qarşi tura boşlagan. Hozirga kelib MNR Turkiyadagi siyosiy tizimda öta öng qanotni ifodalaydi va «ongsiz» migratsiyaning oldini oliş, qoçqinlarni deportatsiya qiliş, şuningdek terrorizmga qarşi kuraşni kuçaytirib, «xavfsiz muhit» yaratiş tarafdori hisoblanadi. Şuningdek, MNR armanlar genotsidini qat’iyan inkor etadi, öşa paytdagi hukumat harakatlarini «mamlakat xavfsizligini kafolatlaş uçun zarur bölgan köçiriş» deb ataydi.













