25 may kuni “Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida davlat-xususiy şeriklik asosida davlat umumiy örta ta’lim maktablarini taşkil etiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga köra, 2023-2024 yillarda OTB tomonidan Toşkent şahrining Yangihayot tumanida bitta, Toşkent viloyati Zangiota tumanida 5 ta, Örta Çirçiq tumanida 2 ta, Qibray tumanida 3 ta, Toşkent tumanida esa 2 – jami 13 ta maktab qurilişi belgilandi.

Ma’lumotlarga köra, bank tomonidan loyiha iştirokçilariga texnik xizmat körsatiş va tender hujjatlarini işlab çiqiş uçun qaytarib beriş şarti bilan 1,1 mln dollar ajratiladi. Şuning 150 ming dollari davlat budjeti hisobidan, 950 ming dollari esa xususiy şeriklar tomonidan bankka qaytariladi.

Yangi umumiy örta ta’lim maktablarini taşkil etiş böyiça davlat şerigi etib Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi belgilandi. Xususiy şerik xalqaro tender natijalari böyiça aniqlanadi. Dastlabki tenderlar şu yil avgust oyidan e’lon qilinişi belgilangan.

Tender orqali maktablarni keyinçalik tasarruf etiş huquqisiz quriş, jihozlaş va ekspluatatsiya qiliş yuzasidan DXŞ töğrisidagi bitim tuziladi.

Xususiy şerik öz mablağlari va kreditlarini jalb qiliş hisobiga maktablarni loyihalaştiriş, quriş va jihozlaş işlarini amalga oşiradi. Vazirlik esa davlat budjeti va qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan mablağlar hisobidan topşirilgan maktablarda ta’lim jarayonini taşkil etadi.

Qayd etilişiça, yangi maktablar qurilişi uçun Toşkent viloyatidan qişloq xöjaligiga möljallangan jami 67,55 gektar yer ajratilgan. Şuning 66,98 gektari suğoriladigan yer uçastkalari hisoblanadi. Hujjatga köra, mazkur suğoriladigan yerlar qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining yerlari toifasiga ötkaziladi.

Ma’lumot uçun, OTB bilan hamkorlikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida DXŞ asosida maktablar qurilişi böyiça qaror loyihasi 2020 yil avgust oyida e’lon qilingandi.

Ötgan hafta Yevropa va tiklaniş taraqqiyot banki özining 55-75 mln dollar mablaği hisobidan vodiy viloyatlarida 15 ta maktab qurib berişi ma’lum bölgandi