Braziliya prezidenti Inaciu Lula da Silva Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyaga taşrif buyuriş taklifini rad etdi. 

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplaşdim. Unga Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy forumga taşrif buyuriş taklifi uçun minnatdorçilik bildirdim», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda. 

U Putinga Rossiyaga bora olmasligini aytgan. Siyosatçi, şuningdek, Hindiston, Indoneziya va Xitoy bilan birgalikda Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş «imkoniyatini» izlaşga tayyorligini qöşimça qildi. 

Kreml xabariga köra, Lula da Silva «yeçim topiş uçun vositaçilik qiliş mumkin bölgan sa’y-harakatlari haqidagi tasavvurini bayon qilgan». Putin esa «Rossiya tomoni siyosiy va diplomatik yölda muloqotga oçiq» ekanini aytgan.

Avvalroq Braziliya prezidenti Ukrainadagi uruş haqidagi bayonotlari tufayli mojaroga duç kelgan edi. Misol uçun, u uruşda nafaqat Rossiya, balki Ukraina ham aybdor ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, uruş boşlaş töğrisidagi qaror göyo ikkala davlat tomonidan qabul qilingan. Bundan taşqari, Lula da Silva Ukrainaga qurol yetkazib berilişini bir neça bor tanqid qilgan. 

Xirosimadagi G7 sammitida Braziliya prezidenti Ukraina rahbari Zelenskiy bilan uçraşişi kerak edi, ammo bu amalga oşmadi. 

Ukraina prezidenti vaziyatni izohlar ekan, tiğiz grafik tufayli uçraşuv amalga oşmaganini, Lula esa bundan ranjişi kerakligini aytdi. Braziliya prezidentining özi esa Zelenskiy bilan uçraşmaganidan hafsalasi pir bölganini ta’kidladi.