Germaniyaning Frankfurt-Mayn okrugi sudi rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov işi böyiça mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan ötkazilgan bir qator tintuvlarni noqonuniy deb topdi. Sudning fikriça, Frankfurt prokuraturasi Usmonovni pul yuvişda gumon qiliş uçun yetarli asoslar keltirmagan.

Usmonov manfaatlarini himoya qiluvçi «Gauweiler & Sauter» advokatlik idorasi sud qarorini tasdiqladi. Uning bayonotida «Frankfurt-Mayn sudi Özbekiston fuqarosi Usmonovning «pul yuviş»da gumon qilinayotgani haqidagi iddao asossiz ekanini va Frankfurt prokuraturasining barça tintuvlari noqonuniy bölganini «haqli ravişda tan oldi».

2022 yil sentabr oyida Federal jinoyat boşqarmasi (FJB) rasmiylari va soliq inspektorlari Usmonovning Tegernze köli böyidagi villasi, Frankfurt-Mayndagi kvartirasi va Bremen portidagi Dilbar yaxtasida tintuv ötkazgan va hujjatlar bilan san’at buyumlarini musodara qilgan edi.

Alişer Usmonov Germaniya sudining tintuv ötkaziş noqonuniyligi haqidagi qarori munosabati bilan öziga nisbatan jinoiy ta’qiblar tugatilişini kutmoqda.

«Biz uçun boşidanoq bu tergovga heç qanday qonuniy asoslar yöqligi ayon edi. Şu bilan birga Germaniyada A.B.Usmonovga nisbatan jinoiy ta’qibning siyosiy mohiyati heç qanday şubha tuğdirmagan. <...> Biz Usmonovga nisbatan Germaniyada jinoiy ta’qib töxtatilişini kutamiz», deyiladi tadbirkor vakillarining bayonotida.