Nodirbek Abdusattorov sovrin jamğarmasi 235 000 AQŞ dollari bölgan «ChessKid» onlayn turniridagi iştirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

Özbekistonlik şaxmatçi musobaqaning eng yuqori – 1-divizionida barça raqiblarini mağlubiyatga uçratgan holda grand finalga qadar yetib kelib, hal qiluvçi öyinda amerikalik Fabiano Karuanaga qarşi dona surdi. 

Qayd etiş joiz, bu raqiblar bungaça mazkur musobaqa yarimfinalida ham uçraşişgan va unda Nodirbek ğalabaga erişgandi. Karuana ötiş öyinlari orqali grand finalga yetib kelgandi. Qiziqarli ötgan bahsda Abdusattorov amerikalik 30 yoşli raqibini navbatdagi marta mağlub etib, turnirning mutlaq çempioniga aylandi.

Ma’lumot uçun, Nodirbek «ChessKid» turnirining ilk bosqiçida fransiyalik Yules Mossardni 2,5 – 0,5 hisobida mağlub etgan bölsa, yarimfinalda Karuanadan 2,5 – 1,5 natijasi bilan ustun kelgan, finalda esa niderlandiyalik Yorden van Forest 2,5 – 1,5 hisobida doğda qoldirilgandi.

Eslatib ötamiz, mart oyida Abu-Dabida ötgan şaxmat sammitida Özbekiston şaxmat jamoasi Osiyoda eng yaxşisi deb e’tirof etilgandi.