Quriliş boşlagandim, taxta bozorga bordim. Ustalar «5x3 reyka kerak», dedi. Bozordan reyka qaradim. Narxi 5500 söm ekan. Bir sotuvçi «Aka, sizga 5x3 kerakmi? Bular 5x3 degani bilan şunça çiqmaydi. Mana...», deb ölçab berdi. Haqiqatda 4x2 ekan. 5x3 oliş uçun 6x4 deganidan oliş kerak ekan. Rozi bölib, 6x4 oldim. Ustalar böyini 6 metrlik bölsin degan edi. 6 metrlik söradim. «Mana», deb darrov yuklaşni boşladi. Birdan kallaga fikr kelib qoldi: «uka şoşmang, metrni oling», dedim-da, ölçadim. 6 metr deb sotilgan reka 5,70 sm ekan. Ham enidan, ham böyidan....

Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik...

* * *

Ustalar bilan ğişt urişga şartnoma qildim. Ğiştni urganidan emas, maşinada kelganidan sanar ekan. Zilda kelgan ğiştni erinmay donalab sanadim. 2500 ta deyilgan ğiştdan insofligi 200 ta, standarti 350 ta kam kelar ekan. Usta şuni bilgani uçun urganidan emas, kelganidan hisob olar ekan. Ham maşinada kelganidan, ham ustadan zarba yeysiz.

Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik...

* * *

Ustalar hammasi quriliş materiallari sotadigan qaysidir dökonga yetaklaydi. Ustalar u yerdan karta oçib olgan. Plastikka öxşagan. Uyni egasi borib savdo qiladi. Ustaga ön foiz kartasiga pul kelib tuşadi.

Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik...

* * *

Bir aka antifriz çiqardilar. Antifriz qoğozda yozilgani kabi -20 gradus va -40 graduslik çiqdi. Bozordagi hamma mahalliy antifrizdan qimmat. Sababini tuşunmay, hamma antifrizlarni olib kelib, -5 gradus xolodilnikka qöygan. Uç soatda hamma antifriz taxta bölib qolgan. Işlab çiqaruvçilarga holat videoga olib yuborilgan. Hoji akalar parvoyiga ham olmagan.

Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik... ekanini aytişadi.

* * *

Örtoğim benzin zapravkada işlaydi. Eng insofli zapravka öniga bir litr, qolganlari ikki litr urar ekan. «Meni bilganim urmaydigani yöq», deydi. Hamma bilar ekan şundayligini.

Yurtda baraka yöq, hammayoq qimmatçilik emiş.

Boşqa bir tanişimning işi porasiz, otkatsiz bitmas emiş. Pora bermasa, davlat taşkilotlari olmas emiş.

Aytişiça, yurtda baraka yöq. Avvalgiday savdo yöq emiş.