Turkiyada mamlakat prezidentligi uçun saylovlarning ikkinçi turi boşlandi. Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da oçildi va soat 17:00 ga (Toşkent vaqti bilan soat 19:00) qadar işlaydi.
«Anadolu» ma’lumotiga köra, butun mamlakat böylab 191 mingdan ortiq saylov qutilari örnatilgan. Jami aholidan 64 million kişi ovoz beriş huquqiga ega hisoblanadi.
Ovoz berişning birinçi turi 14 may kuni bölib ötgandi. Unda Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ğalabaga erişa olmagan va 49,51 foiz ovoz töplagandi. Erdöğanning asosiy raqibi, muxolifatçilarning yagona nomzodi Kamol Qiliçdoröğli 44,88 foiz ovoz töplagan.
Uçinçi örinni 5,17 foiz ovoz bilan «OTA ittifoqi» partiyalar blokidan nomzod etib körsatilgan Sinan Öğan egallagandi. U tarafdorlarini ikkinçi turda Erdöğan uçun ovoz berişga çaqirdi. Şu tariqa, amaldagi prezidentda ğalaba uçun imkoniyat kötarildi.
Politico naşri tomonidan tahlil qilingan sörovlar körsatişiça, ikki nomzodda ham ğalaba uçun imkoniyatlar qariyb teng. Şu bilan birga, Turkiyadagi qator kompaniyalar ötkazgan sörovlarda amaldagi prezident ustunlik qilgan.
Turkiya markaziy saylov komissiyasi yakşanba kuni soat 21:00 ga qadar dastlabki natijalarni e’lon qilişni taqiqlagan.













