Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi bölib ötdi. Davlat rahbarligi uçun nomzod bölgan ikki siyosatçi — Kamol Qiliçdoröğli va mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öz saylov uçastkalarida ovoz berişdi.
Ovoz berib çiqqanidan keyin Erdöğan öz tarafdorlari tomon yurdi va ularga pul tarqatdi. Birinçi tur vaqtida ham u şunday işga qöl urgan, ammo ötgan safar Erdöğan banknotlarni faqat bolalarga bergan bölsa, bu safar katta yoşlilar ham undan pul oldi.
Turkiyaning amaldagi prezidenti Istanbuldagi uçastkada ovoz bergan, uning raqibi esa — Anqarada.
Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Toşkent vaqti bilan soat 19:00) mamlakatdagi barça saylov uçastkalari yopildi.
Dastlabki natijalar Toşkent vaqti bilan soat 23:00 dan keyin paydo böla boşlaydi — respublika Oliy saylov kengaşi raisi Ahmet Yyener natijalarni bundan oldin e’lon qilişga taqiq qöygan. Avvaliga qişloqlar va kiçik şaharlardagi natijalar ma’lum böladi, yirik şaharlardagi ma’lumotlar keyinroq keladi.
14 may kuni bölib ötgan birinçi turda nomzodlardan heç biri ğalaba uçun talab etilgan 50 foizdan ortiq ovozni töplay olmagandi. Erdöğanni saylovçilarning 49,52 foizi qöllab-quvvatlagan, birlaşgan muxolifat yetakçisi Kamol Qiliçdoröğliga — 44,88 foiz, millatçi Sinan Öğanga — 5,17 foiz kişi ovoz bergan. Öğan ikkinçi turda Erdöğanni qöllaşini e’lon qilgan.













