Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida ham ustun keldi. U Anqarada öz tarafdorlari qarşisida çiqiş qilib, Turkiya xalqi mamlakatni keyingi beş yillikda boşqarişni unga va uning ma’muriyatiga işonib topşirganini ma’lum qildi.
«Xalqimizning xayrixohligi bilan prezidentlik saylovlarining ikkinçi turini yakunladik. Bizga demokratiya bayramini tuhva qilgani uçun xalqimga minnatdorçilik bildiraman. Kelgusi beş yil mobaynida mamlakatni boşqariş mas’uliyatini bizga yana bir bor işonib topşirgan millatimiz vakillariga, istisnosiz, özlari qilgan tanlov uçun minnatdorçilik bildiraman», degan u.
OAVda e’lon qilingan sönggi ma’lumotlarga köra, ovoz byulletenlarining 98 foizi hisoblab çiqilganidan keyin, unga saylovçilarning 52,1 foizi ovoz bergani ma’lum bölgan.
Uning raqibi, muxolifat koalitsiyasining yagona nomzodi Kamol Qiliçdoröğli 47,9 foiz ovoz olgan.
Saylovda davomat 84,7 foizni taşkil etgan.
Turkiya Oliy saylov kengaşi ma’lumotlariga köra, ovozlarning 75 foizi hisoblab çiqilganidan keyin Erdöğan 53,41, Qiliçdoröğli 46,59 foiz ovoz töplayotgani ma’lum bölgan.
Ammo muxolifatçilarning Anka naşri tasdiqlaşiça, Qiliçdoröğli 51 foiz ovoz olgan.
Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Toşkent vaqti bilan 19:00) yopildi. Avvaliga Oliy saylov kengaşi dastlabki natijalarni 21:00 dan oldin e’lon qilişni taqiqlagandi, ammo soat 18:00 dan keyin bu taqiq olib taşlandi.
- Turkiyada prezidentlik saylovlarining birinçi turi 14 may kuni bölib ötgandi. Unda amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdöğan 49,51 foiz ovoz olib, ğalabaga erişa olmagandi. Muxolifatçilar nomzodi Kamol Qiliçdoröğli 44,88 foiz olgan, millatçilar nomzodi, «OTA ittifoqi» partiyalar blokidan nomzod qilib körsatilgan Sinan Öğan 5,17 foiz bilan uçinçi bölgandi. U öz tarafdorlarini ikkinçi turda Erdöğanga ovoz berişga çaqirgandi.













