27 may kuni Eron va Afğoniston örtasidagi çegara punktida röy bergan qurolli töqnaşuv oqibatida kamida uç kişi halok bölgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Erondagi IRNA davlat agentligi xabariga köra, jang vaqtida eronlik çegaraçilardan ikki nafari halok bölgan, tinç aholi vakillaridan yana ikki kişi yaralangan, toliblar esa «jiddiy yöqotişlarga uçragan».

Afğonistonda hokimiyatni egallab turgan «Tolibon» vakili har ikki tomondan bir nafardan kişi halok bölganini tasdiqlagan.

Tomonlar bir-birini mojaro keltirib çiqarişda ayblagan va birinçi bölib raqib tomon öt oçganini da’vo qilgan.

Toliblar ma’lumotiga köra, ayni vaqtga kelib çegaradagi vaziyat nazorat ostida.

«Al-Jazira» telekanaliga köra, avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Rais «Tolibon»ni suv resurslaridan foydalaniş böyiça 1973 yilda tuzilgan kelişuvni buzişda ayblagandi. Bu kelişuv Hilmand daryosiga taalluqli bölib, ikki mamlakatning çegara hududlaridan oqib ötadi. Afğoniston tomonida toliblar daryoni tösib qöygan, töplangan suvdan elektr energiyasi işlab çiqariş va qişloq xöjaligi maydonlarini suğorişda foydalangan. Qurğoqçilik kuzatilayotgani tufayli Eron uçun ham uşbu daryo suvlari juda muhim hisoblanadi.