Rossiyani tark etgan xorijiy kompaniyalar 36 mlrd dollarni olib chiqib ketdi
BKF tahlilchisi Maksim Osadchiy Markaziy bank ma’lumotlariga asoslanib, chet ellik sarmoyadorlar Rossiyadan olib chiqib ketgan mablag‘ni hisoblab chiqdi.
Rossiyani tark etgan xorijiy sarmoyadorlar yil davomida o‘z bizneslarini sotish orqali mamlakatdan 36 milliard dollarga yaqin mablag‘ olib chiqib ketishdi, deb xabar berdi RIA «Novosti» 29 may, dushanba kuni BKF banki tahliliy bo‘limi rahbari Maksim Osadchiyga tayanib.
Ekspert Markaziy bank ma’lumotlarini tahlil qildi, unga ko‘ra, 2022 yil martidan 2023 yil martigacha Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketgan firmalar tomonidan aktivlarni sotish bo‘yicha 200 ta bitim amalga oshirilgan. Biroq ularning atigi 20 foizi 100 million dollarlik qiymatdagi aktivdan qutulgan. «Aktivlar hajmiga nisbatan Pareto 80/20 qoidasi nazarda tutilsa, xorijiy investorlar tomonidan Rossiyadan olib chiqib ketilgan kapital miqdorini... 36 milliard dollar darajasida baholashimiz mumkin», — dedi Osadchiy.
Markaziy bank avvalroq milliy miqyosda xorijiy investorlar tomonidan Rossiya aktivlarini sotishning ichki bozorga ta’siri cheklanganligini ta’kidlagan edi. Buning sababi shundaki, bunday bitimlar muhim qismi zarur litsenziyalar va patentlarni saqlab qolish bilan bog‘liq. Bundan tashqari, ketgan kompaniyalarning ko‘pchiligi qaytib kelish imkoniyatini ochiq qoldirgan, deb tushuntirdi regulyator.
Xorijiy investorlar o‘tgan yili Ukrainada boshlangan urush va G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilganidan keyin RFni tark eta boshlagan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024