TIV ma’lumotiga köra, tadbirda Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Teri Hakala, Yevropa Ittifoqining Afğoniston böyiça maxsus vakili Tomas Niklasson, BMT Boş kotibining maxsus vakili, BMTning Afğonistondagi missiyasi rahbari Roza Otunbayeva, Jahon banki vakillari (onlayn tarzda) va Markaziy Osiyo davlatlarining Afğoniston böyiça maxsus vakillari iştirok etdi.

Uçraşuv iştirokçilari afğon xalqiga insonparvarlik yordami körsatişni davom ettiriş, Afğonistonning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik, mamlakatning xorijdagi muzlatilgan aktivlariga çeklovlarni yeçiş zarurligini ta’kidladilar.

Afğoniston muvaqqat hukumatiga xalqaro hamjamiyatning inklyuziv va vakillik hukumatini yaratiş, fuqarolar, ayniqsa ayollar huquq va erkinliklarini hurmat qiliş, Afğoniston hududidan terroristik maqsadlarda foydalanişga yöl qöymaslik borasidagi talablarini bajariş yuzasidan murojaat qilindi.

Mintaqadagi suv resurslaridan birgalikda foydalaniş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qöşni davlatlar manfaatlarini özaro hisobga oliş, mintaqa suv resurslaridan oqilona foydalaniş muhimligi qayd etildi.

Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş böyiça Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan umumiy takliflar işlab çiqiş imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Delegatsiyalar Özbekiston prezidentining BMT şafeligida Xalqaro muzokaralar guruhini tuziş taşabbusini ijobiy baholab, bu BMTning Afğoniston böyiça “Yöl xaritasi”ni işlab çiqişda uşbu formatdagi umumiy takliflarning bir qismi bölişi mumkinligini qayd etdi.