Yakşanba kuni bölib ötgan ikkinçi turda Erdöğan birlaşgan muxolifatning yagona nomzodi Kamol Qiliçdoröğlidan 2 million köproq ovoz oldi.
Ovoz beriş jarayonini taşkillaştiriş va ovozlarni hisoblaş böyiça jiddiy şikoyatlar bildirilmadi, biroq muxolifat saylovlar erkin ötdi deb hisoblamayapti, ular Turkiyada amalda saylov komissiyasi va sudyalar prezidentga böysunişi, söz erkinligi böğilgani, közga köringan muxoliflar qamoqqa taşlangani yoki ta’qib qilinişini da’vo qilişadi.
Ikki hafta muqaddam ötgan birinçi turda Erdöğan ğalaba uçun talab etilgan 50 foiz ovozni jamğara olmagandi, ammo ikkinçi turda 52 foiz ovoz oldi.
Bu safar davomat birinçi turdagidan kamroq böldi (85 foizga yaqin) - bu ötgan turda uçinçi bölgan Sinan Öğanning tarafdorlari saylovga çiqmay qöyaqolgani bilan ham boğliq, natijada Erdöğan birinçi turdagi ustunligini saqlab qoldi.
Muxolifatçilar fevral oyidagi zilzilalar va uzoq davom etayotgan iqtisodiy inqiroz natijasida yuzaga kelgan erkinliklarning böğilişi va davlat boşqaruvidagi muvaffaqiyatsizliklar saylovçilarni an’anaviy nomzoddan özgarişlar va’da qilayotgan kuçlar foydasiga voz keçişga majbur qilişidan umid qilgandi.
Ammo ikkiga bölingan mamlakatda demokratik, dunyoviy va Yevropaga intiluvçi Turkiyani soğingan şahar aholisi emas, Erdöğanning asosiy elektorati yaşovçi, uning jamiyat hayotini islomlaştiriş, avtoritarizm, harbiy qudrat va dunyodagi nufuzni mustahkamlaşga qaratilgan konservativ siyosatini ma’qul köradigan çekka hududlar aholisi ustun keldi.

Muxolifatçilar ham qat’iyatli va öjar hukmfarmo bölgan Erdöğanga qarşi 74 yoşga çiqqan yumşoq tabiatli va murosasoz Qiliçdoröğlini raqib qilib tanlaşgandi.
Uning ğoliblik uçun imkoniyatlari avvalboşdan yuqori emasdi, ammo muxolifatçilarning asosiy nomzodi, Istanbulning 54 yoşli meri Akrom Imomöğli saylovda qatnaşa olmadi. 2019 yilgi saylovlar vaqtida saylov komissiyasini tanqid qilgani uçun u ikki yil-u yetti yarim oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilingandi, hukmga nisbatan bildirilgan apellyatsiyani esa faqat prezidentlik saylovlaridan keyin körib çiqişlarini bildirişadi. Natijada, Imomöğli ğalaba qozongan taqdirda ham, qamoqqa tuşiş xavfi ostida qolgandi.
Tez-tez partiya rahbarligidan ketişga çaqirilişiga qaramay, Qiliçdoröğli Turkiyada demokratiya uçun kuraşişda davom etişga va’da berdi. Saylovlarni u «sönggi yillardagi eng adolatsiz saylov» deb atadi.













