Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023 yil oktabr oyidan boşlab, Kuala-Lumpur (Malayziya) va Toşkentni aviaqatnovlar bilan boğlaşni rejalaştirmoqda.

Kuala-Lumpur — Toşkent — Kuala-Lumpur yönalişi böyiça muntazam parvozlar haftasiga uç martagaça Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oşirilişi közda tutilgan.

Bu haqda aviakompaniya vakillari Özbekistonning Malayziyadagi elçixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boşqaruv kompaniyasi kömagida, Uzbekistan Airports bilan ötkazilgan muzokaralar çoğida ma’lum qilişdi.

Batik Air — boş qarorgohi Jakartada joylaşgan Indoneziya aviakompaniyasi bölib, Indoneziyada muntazam yölovçi reyslarini amalga oşiradi. Kompaniya Lion Air loukoster aviakompaniyasining şu’ba korxonasi hisoblanadi.