Britaniyaning Rolls-Royce Holdings Plc maşinasozlik kompaniyasi minglab xodimlarini qisqartirişi mumkin, deb yozadi The Times konsalting sohasidagi manbasiga tayanib. Kompaniya uçta bölinma – fuqaro aviatsiyasi, mudofaa va energetika tizimlarini birlaştiriş niyatida, buning natijasida 30 ming nafar xodimning 10 foizi işsiz qolişi mumkin.
Eng katta qisqartirişlar kompaniyaning boş qarorgohi joylaşgan Derbidagi xodimlarga ta’sir qilişi mumkin. The Times qayd etişiça, u yerda Rolls-Royce kompaniyasining bek-ofisi joylaşgan.
Rolls-Royce kompaniyasining özi xodimlarga oid qarorlar hali qabul qilinmaganini bildirdi. «Biz xodimlarga potensial ta’sir körsatişi mumkin bölgan heç qanday qaror qabul qilganimiz yöq, buning aksi haqidagi barça fikrlar faqat taxmindir», dedi kompaniya vakili.
Kompaniyaning transformatsiya dasturini avvalroq uning boş direktori Tufan Erginbilgiç e’lon qilgan edi, Rolls-Royce faoliyatini optimallaştiriş maqsadida McKinsey & Co. boşçiligidagi maslahatçilarni yollagan.












