Uning buyurtmasi böyiça qurilgan va mingdan ortiq xonalardan iborat prezidentlik saroyi (Qiliçdoröğli saylovda ğolib bölsa, bu saroyni jamoatçilik foydalanuvi uçun berişni va’da qilgandi) atrofida köp sonli olomon yiğildi.

«Prezidentimiz bizni yana boşqara boşlaşi - çinakam baxt. Bundan kuçliroq tuyğu yöq. Mayli, butun dunyo buni eşitsin. U - butun dunyoga çaqiriq taşlagan va butun dunyoga dars ötgan yetakçi», deydi 50 yoşli Hadiça Duran römoli ostidan jilmayib.

«Bu uning maftun etadigan muhim qismi: Erdöğan - heç kimga boş egmaydigan kuçli yetakçi, zamonamiz sultoni», deya qayd etadi BBC’ning Anqaradagi şarhlovçisi Orla Gerin.

Saylovlar körsatdiki, Turkiyadagi köpçilik yaxşi rahbardan köra kuçli yetakçini afzal köradi, deydi u.

Turkiyada prezidentlik kampaniyasi davrida ğarb mamlakatlari poytaxtlaridagilar Rajab Toyyib Erdöğanning 20 yillik boşqaruviga yakun yasalişini kutib jim turişdi. Ammo uning ğalabasi ğarb mamlakatlarini murakkab vaziyatda qoldirdi, deb hisoblaydi ekspertlar.

Muhim ittifoqçi

Ukrainadagi uruş fonida Turkiyaning global miqyosdagi strategik ahamiyati keskin kötarilganini yakşanba kuni keçqurun jahon yetakçilari Erdöğanni saylovdagi ğalaba bilan tabriklaşga şoşilganidan ham köriş mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinçilardan böldi, holbuki u odatda natijalar rasman e’lon qilinişini kutardi. Uning sözlariga köra, Erdöğanning ğalabasiga - uning «mustaqil taşqi siyosat» yuritişi sabab bölgan.

Turklar işlab çiqargan va Ukrainaga yetkazib berilgan Bayraktar dronlari Kiyevga uruşning ilk oylarida Rossiya qöşinlarini siqib çiqarişda yordam berdi. Foto: PPO/REUTERS

«Işonç bilan taxmin qiliş mumkinki, Rossiyaga Turkiya siyosati ma’qul kelişi Ukrainaga keng kölamli bosqindan keyin, NATOdagi ittifoqçilar, özlarining energetik qaramligiga qaramay sanksiyalar qöllaganidan keyin ham Erdöğan Kremlni tanqid qilişni istamagani bilan izohlanadi», deya qayd etadi BBC şarhlovçisi Katya Adler.